Vangʻozi minorasi
Vangʻozi minorasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Vangʻozi minorasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | minora |
Shahar | Navoiy |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 1581-yil |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Vangʻozi minorasi — Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Vangʻozi qishlogʻida joylashgan yodgorlik. Minora Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi davrida joʻyboriylar xonadoniga mansub Xoja Saʼd mablagʻlari hisobiga 1581-yil qurilgan[1]. Minora Toshmasjiid majmuasida joylashgan. Vangʻozi minorasi XVI asrda bunyod etilgan boʻlib, balandligi 24 metrni tashkil etadi. Minora bezaklari va tuzilishi jihatdan Buxorodagi Vobkent minorasiga oʻxshaydi[2]. Minora qurilishi toʻgʻrisida turli fiklar mavjud. V.Nilsen tadqiqotlariga koʻra minora XVIII asrda bunyod etilgan. A. Balayevning chizmasida „Azizobod minorasi 1294-yil“ deb koʻrsatilgan. Ushbu sana hijriy boʻlib, milodiy 1877-yilga toʻgʻri keladi. Minora XVIII—XIX asrlarda Vangʻozi va Vobkent minoralari bir usta tomonidan taʼmirlangan. Minora asos qismi aylanasi 3,8 metr, poydevori esa toshdan qurilgan. Minora olti belbogʻli nashqlar va gʻishtlar bilan bezatilgan. Mazkur minora 1977-yil 9000 rublga taʼmirlangan. 1982-yil Oʻzbekiston SSR Madaniyat ishlari vaziri Gʻ.Najimov, Qiziltepa tumani rahbari N.Hikmatov va „Moskva“ kalxozi rahbari T.Safarov eʼtibori bilan Toshmasjid va minora qisman taʼmirlangan va u yerda muzey tashkil etilgan[3]. 2002-yilda 500 mln mablagʻ evaziga Toshmasjid majmuasi taʼmirlangan[4]. Sanʼatshunos olima Mavluda Yusupova tadqiqotlarida Vangʻozi qishlogʻidagi Tosh masjid meʼmoriy majmuasi vujuga kelishi bilan bogʻliq maʼlumotlarni keltirgan. U tadqiqotlarida yodgorlik va qishloq tarixi boʻyicha dastlabki xulosalar bergan. Uning fikriga koʻra majmua XVI asrda bunyod etilgan va bu yerda madrasa va hammom ham boʻlgan[5]. Minora Buxoro meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навойи 2015, s. 253.
- ↑ Қизилтепа тарихи 2015, s. 50.
- ↑ Қизилтепа тарихи 2015, s. 51.
- ↑ Қизилтепа тарихи 2015, s. 52.
- ↑ Қизилтепа тумани кеча ва бугун 2021, s. 94.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навойи. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.
- Ражабов Қ, Мақсудов Р. Қизилтепа тарихи (Қисқача маълумотнома). Тошкент: “Tafakkur” нашриёти, 2015 — 80-bet. ISBN 978-9943-24-121-3.
- Мақсудов Р, Ражабов Қ. Қизилтепа тумани кеча ва бугун. Тошкент: SAFFOH, 2021 — 408-bet. ISBN 978-9943-6665-1-1.