Toshmasjid majmuasi
Toshmasjid majmuasi | |
---|---|
Joylashuvi | Vangʻozi, Qiziltepa tumani, Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 40°01′37″N 64°45′46″E / 40.026960488457874°N 64.76271672430543°E |
Konfessiya | islom |
Turi | masjid |
Asoschi | Abdullaxon II qurdirgani taxmin qilinadi |
Qurilish boshlanishi | 1580 |
Qurilish yakunlanishi | 1586 |
Holati | davlat himoyasida |
Qurilish materiali | pishgan gʻisht |
Toshmasjid majmuasi — Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Vangʻozi shaharchasidagi yodgorlik (XVI asr) Koʻp ustunli yirik xonadan iborat yagona jome masjiddir. 2 ta yirik va 16 ta bir xildagi mayda gumbazlar bilan yopilgan. Turli kattalikdagi gumbazlardan tashkil topgan ustun-gumbazli konstruksiyalari oʻziga xos. Bosh tarzi sharqqa qaragan masjid oldida qad koʻtargan minora (balandligi 24 metr) Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan XVI asrga oid shu turdagi inshootlarning eng baland va nafisi sanaladi. Baʼzi tadqiqotchilar Toshmasjidni XVI asrda Abdullaxon II tomonidan qurdirilgan deyilsa, boshqalari majmuadagi minora XVIII asrga oid degan fikr bildiradi.
Bino (24x40 metr) janub va gʻarbiy tomondan G shaklida qurilgan qator imoraglardan iborat. Gʻarb qismida Toshmasjid, madrasa, tahoratxona va hammom joylashgan. Toshmasjid majmuasi baland (taxminan 70 santimetr) supa ustiga qurilgan va old tomoni choʻzilib ketgan mahobatli binodir. Markaziy qismidagi baland bezakdor peshtoq va yirik moviy gumbaz ajralib turadi.
Toshdan tiklangani uchun xalq orasida Tosh masjid nomini olgan. Bino 70 sm balandlikdagi supaga qurilgan. Uning ko’rkam hajmiy-makoniy kompozisiyasining markaziy qismida baland peshtoq va yirik moviy gumbaz ajralib turadi. Masjidning 24x40 metr kattalikdagi umumiy binosida 2 ta yirik va 16 ta bir xildagi mayda gumbazlar bilan yopilgan yagona xona bor.
Masjid yonida go’zal uslubda qurilgan minora bor. Uning balandligi 24 metr bo’lib, pastki qismining asos aylanasi 3,8 metrni tashkil etadi. Poydevori toshdan terilgan. Bu joy XIX-XX asr boshlarida Vang’ozi qishlog’idagi yagona darvozali mustahkam qal’a-qo’rg’on bo’lgan. Ushbu qal’a aylanasi taxminan 2 km bo’lgan devor bilan o’ralgan edi. Qal’a ichida qorovulxona, madrasa, ma’muriybinolar, qozixona, mirshabxona kabilar mavjud bo’lgan. Shuningdek, bu qishloqda yopiq savdo rastali bozor, qator turar joy va diniy inshootlar qad ko’targan bo’lib, hozirda ushbu moddiy-madaniy merosimizdan faqat XVI asrda pishiq g’ishtdan qurilgan baland minorali Tosh masjid va Qo’rg’on masjidlari saqlanib qolgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshmasjid kompleksi XVI asrda barpo etilgan. Taxminan 1580-yillarda Xoʻjayi Kalonxoʻja masjidni qaytadan qurishga farmon bergan. Ushbu qurilish olti yil davom etgan va 1585—1586-yillarda tugallangan. Bino qurilishida toʻliq pishiq gʻishtdan foydalanilgan. Eski sinchkor imoratlar buzib tashlanib, oʻrniga yangi ustunli zal qurilgan. Majmuani qurish uchun tekis joy tanlangan, obyektning sharqiy tomonidan ariq oqib oʻtgan, shimoliy tomonida yoʻl mavjud, majmuaning janubiy qismida qabriston joylashgan. Mazkur kompleks plani 1949-yili arxitektor A.Balayev hisob-kitoblari asosida qurilgan. 1935-yilda majmuadagi ichki hovlisiz, ikki qavatli madrasa buzib tashlangan[1]. Balayev oʻz tarhida buzib yuborilgan madrasa oʻrnini ham koʻrsatib oʻtgan. Masjidning 24x40 m kattalikdagi umumiy binosida 2 ta yirik va 16 ta bir xildagi mayda gumbazlar bilan yopilgan xona ham bor[2]. Bino 29x29x5 sm oʻlchamdagi toʻrtburchak shaklda barpo etilgan. Pollariga ham gʻisht yotqizilgan. Toshmasjid kompleksida 24 m balandlikka ega minora mavjud. Pastki qismidagi poydevor diametri 3,8m, poydevori toshdan terilgan. 1982-yili davlat muhofazasiga olingan. „Moskva“ kolxozi va Qiziltepa tumani rahbarlari, Oʻzbekiston SSR Madaniyat ishlari vazirligi buyrugʻi bilan bilan Toshmasjid majmuasi qisman taʼmirlangan. Kompleksda muzey tashkil etilgan. 2002-yildagi xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Islom Karimov Toshmasjid haqida fikr bildirgach, viloyat hokimi B.Roʻziyev buyrugʻiga koʻra, taʼmirlash ishlari boshlandi. Rekonstruksiya ishlari besh oy davom etgan.
Toshmasjid majmuasi yonida balandligi 24 m boʻlgan Vangʻozi minorasi joylashgan[3]. Bu minora Shayboniy Abdullaxon II davrida qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Нильсен В.А. Монументальная архитектура Бухарского оазиса XI-XII вв. Издательство Академии наук Узбекской ССР, 1956 — 125-bet.
- ↑ „FOTOFAKT: Toshmasjid haqida bilasizmi?“. Qaraldi: 26-iyul 2023-yil.
- ↑ Р. Мақсудов, Қ.Ражабов. Қизилтепа тумани: кеча ва бугун. Sahhof 2021 — 101-bet. ISBN 978-9943-66-65-1-1.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |