Vajiralongkorn
Vajiralongkorn (Rama X) | |
Vajiralongkorn Signature in English.svg | |
Tailand qiroli | |
Hukmronligining boshlanishi: | 2016-yil 13-oktyabrdan[1][2] |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | hozirgacha |
Oʻtmishdosh: | Bhumibol Adulyadej (Rama IX) |
Voris: | Dipangkorn Rasmijoti |
Tugʻilgan sanasi: | 28-iyul 1952-yil |
Tugʻilgan joyi: | Bangkok, Tailand |
Otasi: | Bhumibol Adulyadej (Rama IX) |
Onasi: | Sirikit Kitiyakara |
Maha Vajiralongkorn Bodindradebayavarangkun (taycha: มหาวชิราลงกรณ บดินทรเทพยวรางกูร, 1952-yil 28-iyul) – Tailand qiroli[3][1].
U shoh Bhumibol Adulyadej va Qirolicha Sirikitning yagona oʻgʻli[4][5][6]. 1972-yilda, 20 yoshida shahzoda boʻldi. Otasi 2016-yil 13-oktyabrda vafot etgandan keyin, 1-dekabr kuni taxtga oʻtirdi[7][8][9]. Chakri dinastiyasining oʻninchi monarxi sifatida Rama X deb ham ataladi. Oʻsha paytda 64 yoshda boʻlgan Vajiralongkorn tailandning taxtiga chiqqan eng keksa monarx boʻldi[10]. Dunyodagi eng boy monarx hisoblanadi, uning boyligi 30 milliard dollardan ortiq[11][12].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vajiralongkorn 1952-yil iyul kuni Bangkokdagi Dusit saroyida tugʻilgan[13]. Tugʻilganidagi ismi Vajiralongkorn Boromchakrayadisorn Santatiwong Thewetthamrong Subhoribal Abhikkunupakornmahitaladulyadej Bhumibolnaretwarangkun Kittiskhatombunsawangwat Boromtiyarajakumarn boʻlgan[14].
1956-yilda Dusit saroyidagi Chitralada boshlangʻich maktabiga bordi. Buyuk Britaniyadagi xususiy maktablar: Kingʻs Mead, Seyford, Sussex, va keyinchalik Somerset Millfield maktabida oʻqigan[15]. 1970-yil iyul oyida oʻrta taʼlimini tugatgan. 1970-yil avgust oyida Avstraliyaning Sidneyddagi Kingʻs maktabida besh haftalik harbiy oʻquv kursida ishtirok etdi[16].
1972-yilda Avstraliyaning Kanberra shahrida joylashgan Duntroon Royal harbiy bilim yurtiga oʻqishga kirdi. 1976-yilda leytenant unvoni bilan bitirgan[17]. 1982-yilda Sukhothai Thammathirat universitetida bakalavr darajasini oldi.
Vajiralongkorn 1972-yil 28-dekabr kuni Ananta Samakhom Tahon zalida shahzoda etib tayinlandi va Chakri sulolasining uchinchi shahzodasi boʻldi[18][19].
Oʻqishni tugatgandan soʻng Tailand armiyasi ofitseri boʻldi. Harbiy faoliyatini Armiya maʼlumotlari boshqarmasida xodim sifatida boshladi. 1977-yilda Qoʻmondonlik akademiyasiga oʻqishga kirdi[20][21]. 1978-yilda 1-piyoda polki komandiriga aylandi[22]. 1992-yilda Qirollik xavfsizlik qoʻmondonligining komandiri boʻldi[23][24].
Boeing 737-400 havo kemasining malakali harbiy uchuvchisi[25][26]. Shohlik marosimlarida va ommaviy uchrashuvlarda muhim oʻrinni egallagan[27]. 2007-yilgi Osiyo oʻyinlarini rasmiy ravishda ochib bergan[28].
1977-yil 3-yanvarda Vajiralongkorn onasi tomonidan qarindosh boʻlgan Somassavali Kitiyakara (1957-yilda tugʻilgan) bilan nikohlandi. Ularning bir qizi bor. 1970-yillarning oxirida aktrisa Yuvadhida Polpraserth bilan yashashni boshladi va hozirda undan besh farzandi bor[29].
Shajarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vajiralongkorn shajarasi |
---|
16. Mongkut | ||||||||||||||||
8. Chulalongkorn | ||||||||||||||||
17. Debsirindra | ||||||||||||||||
4. Mahidol Adulyadej | ||||||||||||||||
18. Mongkut (=16) | ||||||||||||||||
9. Savang Vadhana | ||||||||||||||||
19. Piam | ||||||||||||||||
2. Bhumibol Adulyadej | ||||||||||||||||
20. Chum Chukramol | ||||||||||||||||
10. Chu Chukramol | ||||||||||||||||
5. Srinagarindra | ||||||||||||||||
11. Kham Chukramol | ||||||||||||||||
23. Pha | ||||||||||||||||
1. Vajiralongkorn (Rama X) | ||||||||||||||||
24. Chulalongkorn (=8) | ||||||||||||||||
12. Kitiyakara Voralaksana | ||||||||||||||||
25. Uam Bisalayaputra (1856–1891) | ||||||||||||||||
6. Nakkhatra Mangkala | ||||||||||||||||
26. Devavongse | ||||||||||||||||
13. Princess Apsarasaman Devakula (1877–1939) | ||||||||||||||||
27. Yai Sucharitakul | ||||||||||||||||
3. Sirikit | ||||||||||||||||
28. Sai Snidvongs (1845–1912) | ||||||||||||||||
14. Sadan Snidvongs (1866–1940) | ||||||||||||||||
29. Khian Sasisamit | ||||||||||||||||
7. Bua Snidvongs (1909–1999) | ||||||||||||||||
30. Ruai Bunyathon | ||||||||||||||||
15. Bang Bunyathon (1886–1970) | ||||||||||||||||
31. Wae Na Bangxang | ||||||||||||||||
|}
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Vajiralongkorn ascends the throne as King Rama X“. Khaosod English (2016-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 2-dekabr.
- ↑ Paddock, Richard. „New King for Thailand as Crown Prince, Vajiralongkorn, Ascends to Throne“ (1-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2016-yil.
- ↑ „King Rama X Maha Vajiralongkorn“. globalsecurity.org.
- ↑ „Thai Prime Minister Prayuth says Crown seeks delay in proclaiming him King“. Coconut.co. Bangkok: Coconuts BKK. AFP (2016-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Thai king's coronation likely by the end of 2017: deputy PM“. Reuters.com (21-aprel 2017-yil). Qaraldi: 13-iyun 2017-yil.
- ↑ „Thai Crown Maha Vajiralongkorn to be proclaimed king“. BBC News.
- ↑ „Coronation of HM King Maha Vajiralongkorn to be held May 4–6: palace“ (en). The Nation (2019-yil 1-yanvar). 2019-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
- ↑ Paddock, Richard C.. „New King for Thailand as Crown Prince, Vajiralongkorn, Ascends to Throne“ (en-US). The New York Times (2016-yil 1-dekabr). 2017-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Maha Vajiralongkorn – King of Thailand“. 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.
- ↑ Baker, Chris. A History of Thailand (en). Cambridge University Press, 2022-04-07 — 362-bet. ISBN 978-1-009-03418-0.
- ↑ Hoffower. „Meet the 10 richest billionaire royals in the world right now“. Business Insider (2019-yil 17-iyul). 2019-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-yanvar.
- ↑ „Thailand protests: How much is the king worth? | Counting the Cost“. Al Jazeera English (2021-yil 30-yanvar). 2023-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
- ↑ ราชกิจจานุเบกษา, ประกาศสำนักนายกรัฐมนตรี เรื่อง ให้หยุดราชการและชักธงชาติเนื่องในการที่พระราชกุมารประสูติ Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh., เล่ม 69, ตอนที่ 49, 12 สิงหาคม พ. - ↑ „Long Live the King: Childhood“. Bangkok Post (2016-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „Old Millfieldian Society – Overseas Branch Officials“. Omsociety.com. 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
- ↑ „Long Live the King: Military Education“. Bangkok Post (2016-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „Long Live the King: Military Education“. Bangkok Post (2016-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „Long Live the King: Childhood“. Bangkok Post (2016-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „Set to fulfil his destiny“. Bangkok Post. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
- ↑ พระราชกรณียกิจ : ด้านทหาร
- ↑ พระราชกรณียกิจด้านการทหารและการบิน สมเด็จพระเจ้าอยู่หัวมหาวชิราลงกรณ บดินทรเทพยวรางกูร รัชกาลที่ ๑๐
- ↑ สมเด็จพระเจ้าอยู่หัว ร.
- ↑ พระราชกรณียกิจ รัชกาลที่ ๑๐ „ด้านการทหารและการบิน“
- ↑ „Long Live the King: the Upholder of Religions“. Bangkok Post (2016-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „Crown Prince is a qualified military pilot“. The Straits Times (2016-yil 30-noyabr). 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „Long Live the King: Military Education“. Bangkok Post (2016-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „Southeast Asian Games Open in Thailand“. Voice of America. 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-dekabr.
- ↑ Lines, Chris. „Burma Wins Silver at Southeast Asian Games“. The Irrawaddy. Associated Press. 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-dekabr.
- ↑ Nonthaburi Family Court, Documents of Case #79/2536, 14 January 2007
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Handley, Paul M.. The King Never Smiles. Yale University Press, 2006.
- „Thai king's death: Who holds power now?“. BBC (2016-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.