Ulugʻbek Hamdam
Ulugʻbek Hamdam (Hamdamov Ulugʻbek Abduvahobovich) — yozuvchi, tarjimon. 1968-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Rovot mahallasida duradgor oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1993-yilda tamomladi. 1992-yilda, davlat taʼlim taqsimotiga koʻra, oʻqishni davom ettirish uchun u Turkiyaning Konya shahriga joʻnatildi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-1994-yillarda Sharqshunoslik institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1994-1996-yillarda Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetining aspiranturasini tugatdi. 1997-yilda „XX asrning 30-yillari sheʼriyatida oʻzbekcha“ sof lirika „muammolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1997-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida katta va kichik ilmiy xodim boʻlib ishladi. 2003-yildan — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi[2]. 2009-yildan 2016-yilgacha — „Sharq yulduzi“ jurnalining bosh muharriri[3]. 2016-yildan Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUda jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, 2017-yildan dotsent oʻqituvchi, 2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida XX asr oʻzbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon boʻlimi mudiri boʻlib ishlamoqda.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sheʼriy asarlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasriy asarlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Yolgʻizlik“[4] (2000),
- „Muvozanat“ (2003),
- „Isyon va itoat“ (2004),
- „Sabo va Samandar“,
- „Uzoqdagi Dilnura“ (2010),
- „Ota“ (2019)[5]
- "Bizdan rozi bo'ling ota" (2022)
- "Yaxshiyam sen borsan" (2023)
- "Toʼrtkoʼcha" (2024)[6]
Ilmiy asarlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Badiiy tafakkur tadriji“ (2003),
- „Yangilanish ehtiyoji“ (2007),
- „Jahon adabiyoti: Modernizm va postmodernizm“ (2020)[7]
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻbek Hamdam Jaloliddin Rumiyning „Ichindagi ichindadir“[8] (1997, 2001), professor Usmon Turonning „Turkiy xalqlar mafkurasi“ (1995) nomli asarlarini turk tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
2018-yili Qozon shahrida "Ma'orif-Vaqt" nashriyotida uning "Yolg'izlik[9]" (Ялгызлык) asari tatarchaga tarjima qilingan. Tarjimon Fakil Safin.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2004-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
- 2011-yilda Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligiga „O'zbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
- 2014-yil „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika tanlovining 1-oʻrin sohibi boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2017-10-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-07-20
- ↑ Sobir Mirvaliyev. Oʻzbek adiblari.Fan nashriyoti. 1993.
- ↑ "Zvezda Vostoka" jurnali. 2012-yil 2-son
- ↑ "Megarif—vakit" nashriyoti. Qozon. 2018
- ↑ ziyouz.com
- ↑ „Toʼrtkoʼcha“ (2024-yil 22-oktyabr). 2024-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-oktyabr.
- ↑ Akademnashr. Toshkent. 2020
- ↑ "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2018
- ↑ Улугбек Хамдам, Ялгызлык. Казань, Магариф-Вакыт, 2018 год. ISBN 978-9943 54-68-7-4 https://magarif-vakyt.ru/xudozhestvennaya-literatura/tproduct/244883569-933426707901-ulugbek-hamdam-yalgizlik-povest.