Ulex europaeus
Oddiy gorse | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Oʻsimliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki urugʻpallalilar | |
Rosids | |
Fabales | |
Fabaceae | |
Faboideae | |
Ulex | |
U. europaeus
| |
Binar nomi | |
Ulex europaeus |
Ulex europaeus, gorse, oddiy gorse, Britaniya orollari va Gʻarbiy Yevropadan kelib chiqqan Fabaceae oilasiga mansub gulli oʻsimlik turi[1].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 2-3 metrga yetadigan doim yashil buta. Yosh poyalari yashil, barglari yashil tikanlarga aylangan, uzunligi 1–3 centimetr (0.39–1.18 in)[2]. Yosh koʻchatlar dastlabki bir necha oy davomida kichik sebarga bargiga oʻxshash barg hosil qiladi. Oʻsimlik gullari sariq, uzunligi 1–2 centimetr (0.39–0.79 in). Ular yil davomida, lekin asosan bahorda gullaydi. Gullardan hindiston yongʻogʻi hidiga kelib turadi[3]. Mevasi dukkakli uzunligi 2 centimetr (0.79 in), toʻq binafsha-jigarrang, qisman gulning och jigarrang qoldiqlari bilan oʻralgan. Meva ichida 2-3 ta qora rangli, yaltiroq, qattiq urugʻlar mavjud boʻlib, ular issiq havoda poʻstlogʻi boʻlinib ochilganda tashqariga chiqadi. Urugʻlar 30 yil davomida hayotiyligini saqlab qoladi. Koʻpgina gorse turlari singari, u koʻpincha tez yonuvchan oʻsimlik boʻlib, tezda olov oladi, lekin yongʻindan keyin ildizlardan qayta oʻsadi, urugʻlari olovda ozgina kuydirilgandan keyin ham unib chiqishga moslashgan. Uning ildizidda lateral va qoʻshimcha ildizlari bor. Juda chidamli oʻsimlik, u −20 °C (−4 °F) boʻlgan haroratlarda omon qoladi[4]. Taxminan oʻttiz yil yashashi mumkin.
Invaziv turlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tur Yevropaning boshqa hududlarida, shuningdek, Amerika, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika va Avstraliyada[5][6] koʻpincha begona oʻt hisoblanadi. U Yangi Zelandiyaga Shotlandiyadan toʻsiq sifatida oʻstiriladigan tur sifatida olib kelingan, biroq dehqonlar uchun katta muammo boʻlib qoldi, chunki iqlim uning oʻsishiga mahalliy yashash joyidan koʻra koʻproq mos keldi. Oddiy gorse Shri-Lankadagi Horton Plains milliy bogʻining togʻli oʻtloqlarida invaziv tur hisoblanadi. U mahalliy, endemik turlardan ustun turadi[7]. Bu oʻsimlikka qarshi koʻplab hududlarda biologik kurash qoʻllanadi. Tetranychus lintearius va Exapion ulicis oʻsimlikning tarqalishini kamaytiradi.
Kultivatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu oʻsimlik quyoshli, ochiq joylarda toʻsiqlar, chegaralarni va tuproq qoplamini hosil qilish uchun oʻstiriladi. Navlarga „Strictus“ (Irlandiya gorsesi), mitti shakli va ikki gulli, meva bermaydigan „Flore Pleno“ kiradi, ular Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻlgan[8][9].
Foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzi joylarda otlar va boshqa chorva mollarini boqish uchun gorse ishlatiladi[10].
Ushbu turdagi urugʻlardan olingan lektin inson qizil qon hujayralarida H moddasini (hh antijeni tizimida mavjud emas) identifikatsiyalashning standart usuli hisoblanadi. Odamlarning koʻpchiligi ABO qon guruhi tizimi uchun asos boʻlgan H moddasini ifodalaydi, biroq kamdan-kam uchraydigan shaxslar („Bombay fenotipi“) buni bildirmaydi va bu shaxslarni aniqlash uchun Ulex europaeusdan ajratilgan kimyoviy moddalar ishlatiladi. Lektin inson qon tomir endotelial hujayralari uchun marker[11] va ularni izolyatsiya qilish uchun vosita sifatida ishlatiladi[12]. Boshqa dukkaklilar kabi tuproqdan azotni oʻzlashtiradi[7].
-
Ulex europaeus
-
Ulex europaeus urug‘lari
-
Oddiy gorse
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ulex europaeus L.“. Kew Science: Plants of the World Online. Qaraldi: 2-yanvar 2019-yil.
- ↑ The Royal Horticultural Society A-Z Encyclopedia of Garden Plants Brickell: . United Kingdom: Dorling Kindersley, 2008 — 1062-bet. ISBN 9781405332965.
- ↑ The Royal Horticultural Society A-Z Encyclopedia of Garden Plants Brickell: . United Kingdom: Dorling Kindersley, 2008 — 1062-bet. ISBN 9781405332965.
- ↑ „RHS Plantfinder - Ulex europaeus“. Qaraldi: 1-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Weeds of National Significance (WONS)“ (inglizcha). www.environment.gov.au. Commonwealth of Australia – Department of the Environment and Energy. Qaraldi: 30-noyabr 2016-yil.
- ↑ „European gorse | Ulex europaeus – Invasives Species South Africa“ (19-avgust 2014-yil). 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 7,0 7,1 Lalith Gunasekera, Invasive Plants: A guide to the identification of the most invasive plants of Sri Lanka, Colombo 2009, p. 88-89.
- ↑ „RHS Plant Selector – Ulex europaeus 'Flore Pleno'“. RHS. Qaraldi: 5-mart 2021-yil.
- ↑ „AGM Plants - Ornamental“. Royal Horticultural Society (2017-yil iyul). Qaraldi: 1-yanvar 2019-yil.
- ↑ Aiton, William (1811). General View of The Agriculture of the County of Ayr; observations on the means of its improvement; drawn up for the consideration of the Board of Agriculture, and Internal Improvements, with Beautiful Engravings. Glasgow. p. 441
- ↑ Holthöfer, H.; Virtanen, I.; Kariniemi, A. L.; Hormia, M.; Linder, E.; Miettinen, A. (1982-yil iyul). „Ulex europaeus I lectin as a marker for vascular endothelium in human tissues“. Laboratory Investigation; A Journal of Technical Methods and Pathology. 47-jild, № 1. 60–66-bet. ISSN 0023-6837. PMID 6177923.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ Catravas, John D.; Snead, Connie; Dimitropoulou, Christiana; Chang, Albert S.Y.; Lucas, Rudolf; Verin, Alexander D.; Black, Stephen M. (2010). „Harvesting, identification and barrier function of human lung microvascular endothelial cells“. Vascular Pharmacology. 52-jild, № 5–6. 175–181-bet. doi:10.1016/j.vph.2009.12.009. PMC 4374552. PMID 20060932.