Dukkakli don ekinlari
Dukkakli don ekinlari - don (urut) olish uchun ekiladigan oʻsimliklar; dukkakdoshlarning (Fabaceae) ka-palakgullilar kenja oilasiga (Papilionaceae) mansub; shuningdek, ulardan tuproq unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishsa foydalaniladi. Dunyo boʻyicha D.d.e.ning 17 turkumiga mansub 60 dan ortiq turi maʼlum. Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda oʻris-noʻxat, soya, loviya, yasmiq, burchoq, vika, noʻxat, lyupin va b. tarqalgan. Poyasi tik (noʻxat), chirmashib (loviya), oʻrmalab (vika) yoki yer bagʻirlab (mosh, yasmiq) oʻsadi. Barglari murakkab patsimon yoki panjasimon. Ildizi har xil shaklda, gul tuzilishi kapalakgullilarniki singari. Mevasi — dukkak (2— 9 urugʻli). Urugʻi mayda (mas, yasmiq) va juda yirik, dumaloq, buyraksimon, yapasqi va b. shaklda, batamom yoki nuqtali rangli poʻstloq bilan oʻralgan. Urugʻining oʻziga xos belgisi — urugʻ ker-timining borligidir. Oʻrta Osiyo sha-roitida oʻsuv davri 60—90 kundan (oʻrisnoʻxat, yasmiq) 90—160 kungacha (noʻxat, soya, loviya) davom etadi. Gʻunchalash va gullash davrida yer ustki qismlari kuchliroq oʻsadi. Koʻpchilik D.d.e. mevalari birin-ketin, pastdan yuqoriga qarab joylashadi, shuning uchun urugʻlar baravar pishib yetiladi. Soya, loviya issiqqa ancha talabchan, maysalari 10—13°, lyupin, noʻxat urugʻlari 5—6°, yasmiq, burchoq 3—4° temperaturada unib chiqadi. Oʻrisnoʻxat, burchoq maysalari — 8°, soya — 4° gacha chidamli, loviya esa — G da nobud boʻladi. D.d.e. don toʻli-shishi va uning pishib yetilishi fazasida issiklikni koʻp talab qiladi. Soya, lyupin namga ancha talabchan. Noʻxat va burchoq qurgoqchilikka chidamli. D.d.e. yengil qumloq va qumoq tuproqlarda juda yaxshi oʻsadi. Noʻxat, vika hamda dukkaklilar neytral reaksiyali tup-roqlarda, loviya va soya nim nordon, lyupin nordon tuproklarda yaxshi usadi. D.d.e. fosforli-kaliyli oʻgʻitlarga talabchan. D.d.e. oziq-ovqat hamda ozuqa ahamiyatiga ega, oqsilga boy don olish uchun ekiladi. Doni, ayniqsa, toʻla pishib yetilmagan doni oqsil (12— 60%), uglevod (11—60%), yogʻ (0,5—52%; quruq modda hisobida), vitamin, karotinga boy. Pishib yetilgan doni be-vosita taomlarga ishlatiladi. Ulardan yorma, un tayyorlanadi. Dumbul mevalari sabzavot sifatida foydalaniladi. D.d.e. doni, kunjarasi, poyasi va po-xoli chorva mollari hamda parrandalar uchun qimmatbaho, proteinga boy ozuqadir. D.d.e. tuproqni azotga boyitadi va ekinlar uchun muhim oʻtmishdosh oʻsimlik hisoblanadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida D.d.e. angʻiz yoki oraliq ekin sifatida (yakka oʻzini yoki boshoqdoshlar bilan qoʻshib kuz-qish va qish-bahor davrida) ekiladi. Koʻk massasi qoramol uchun ozuqa yoki koʻkat oʻgʻit sifatida ishlatiladi.
Koʻziboy Dushamov, Halima Otaboyeva.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |