Kontent qismiga oʻtish

UHDTV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu sxemada 8K UHDTV, 4K UHDTV, HDTV (1080p)

Ultra yuqori aniqlikdagi televizor (UHDTV bilan tanilgan; inglizcha: Ultra-high-definition television) — bu televizion standartlar yoyilishining SD (standart) va HD (yuqori tiniqlik), shuningdek bir qancha kinematografik standartlarni tasvir aniqligida bir necha marotaba ortda qoldiruvchi tizim. Boshqa nomlari: Ultra HD va Ultra High Definition Video (UHDV). U oʻzida NHK tomonidan taklif etilib, 2012-yilda Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan ikki raqamli standart, 4K UHDTV (2160p) va 8K UHDTV (4320p) ni jamlaydi. Yaponiyaning NHK telekompaniyasi dunyoda birinchi boʻlib 7680x4320 piksel hajmda tasvir yoyish standartini amalda tadbiq etdi. Qisqacha uning yaratilish tarixiga toʻxtalib oʻtsak. Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining 1994-yildagi oʻta yuqori tiniqlik televideniyasi tizimi tashkil qilish taklifiga binoan 2003-yilning sentabrida UHDTV tizimining tajribaviy talqini ishlari yakunlandi. 2005-yilning noyabrida ushbu telekompaniya optik tolali aloqa liniyasi orqali 260 km masofaga UHDTV standartdagi televizion dasturni toʻgʻridan-toʻgri efirga uzatdi. 2006-yilning 31-dekabrida IP protokolga asoslanib NHK Osakadagi musiqiy shouda UHDTV sifatdagi translyatsiyani 450 dyumli ekranda namoyish qildi. 2007-yilda SMPTE (Kino va televideniya injenerlari jamiyati) UHDTV uchun “Standart 2036”ni tasdiqladi. Unga ko’ra UHDTV ning 2 darajasi aniqlandi: UHDTV1 (3840x2160, 4K UHDTV) va UHDTV2 (7680x4320, [[8K UHDTV)]). 2011-yilgacha UHDTV uchun sekundiga 24, 25, 50 va 60 kadr chastota ruxsat etildi. 2012-yilgi yozgi Olimpiyada o’yinlari chog’ida Buyuk Britaniyada bu standart BBC telekompaniyasi tomonidan ommaga taqdim etildi. London, Glazgo va Bredfordda tomoshabinlar sport o’yinlarini o’ta yuqori tiniqlikdagi noyob ko’rinishini baholashi uchun 15 metrli ekranlar qo’yildi. 2012-yil 22-avgustda LG korporatsiyasi dunyoda birinchi 4K UHDTV ni qo’llovchi 3D televizorni taqdim etdi. 2012-yil 18-oktabrda CEA tomonidan 8 megapikseldan (3840x2160 px) kam bo’lmagan tasvir yoyish qobiliyatiga ega monitor, proektor va televizorlarda “Ultra High-Definition” va “Ultra HD” terminlarini qoʻllash qabul qilindi. 2014-yil 24-iyunda ushbu assosatsiya UHD videoni Internet orqali yuborishda HEVC videokodekini qoʻllashni tasdiqladi.

UHDTV minimal ravshanligi – 3840x2160 (8,3 megapiksel). UHDTV maksimal 7680x4320 ravshanlik bilan tasvirda 33 million element koʻrsatish imkoniyatini beradi. Solishtirish uchun shuni keltirib oʻtish mumkinki, FullHD 1080p standartidagi kadr maksimal ravishda 2 million pikseldan iborat boʻlsa, klassik televizion standart (SD) 400 ming pikselga ekvivalent (720x576). UHDTVning ravshanlik qobiliyati hozirda mavjud boʻlgan raqamli kinematografning standartlarini ham ortda qoldiradi. Masalan, kinoteatrlardagi koʻplab raqamli kinoproektorlar 2K (2048x1080) ravshanlikni qoʻllaydi. UHDTV ga faqatgina IMAX kinoteatrlaridagi 4K proektorlarini qiyoslash mumkin.

UHDTV1: 3840x2160 pikselli tasvir formati. MSE-R VT.2020 tavsiyasiga binoan. Baʼzan “UHD-1” koʻrinishida qisqartirilinadi. “Quad HD” – norasmiy atama. “4K” – aslida 4096x2160 pikselli tasvirga aytiluvchi marketing termini boʻlib, baʼzida 3840x2160 ravshanlikli UHDTV1 ga qarata ham ishlatilinadi.

UHDTV2: 7680x4320 pikselli tasvir formati. Baʼzida “UHD-2” sifatida ham ataladi. 8K UHDTV (4320p) 33,2 megapiksel ravshanlikka ega. Uning tasvir yoyish imkoniyati IMAX 15/70 kinotasmasiga teng keladi. Shuningdek maʼlumotlar sigʻimi jihatidan HDTV ni taxminan 16 marta ortda qoldiradi.

“8K” – norasmiy atama.

5K tasvir “5K” – 5120x2160 tasvir formatiga asoslangan marketing atama.

HDMI 1.4
2009-yilda 1080p stereotasvirni maksimal 10,2 Gbit/S tezlikda uzatish imkoniyatiga ega HDMI interfeysining 1.4b versiyasi taqdim etildi. Bunda, texnik harakteristikalariga koʻra 4K x 2K tasvirni uzatish qobiliyatiga ega:

  • 3840x2160 piksel, bunda kadr chastotasi 24 Hz/25 Hz/30 Hz
  • 4096x2160 piksel, bunda kadr chastotasi 24 Hz.

HDMI 2.0
18Gbit/s tezlikda signallarni uzatish uchun HDMI interfeysining 2.0 talqini ishlab chiqildi. Interfeysning texnik xususiyatlaridan baʼzilari:

  • 4K (2160p) ravshanlik va sekundiga 50 yoki 60 kadr chastotali videoni uzatish
  • 10bit va undan ortiq ranglar chuqurligiga ega МСЭ-Р BT.2020 tavsiyasini qoʻllash imkoniyati
  • 32tagacha audiokanal uzatish xususiyati
  • Yanada yuqoriroq sifatga ega boʻlish uchun ovozni diskretizasiya qilish 1536 kHz gacha
  • Bir vaqtda yagona ekranga 2 video oqimni yuborish imkoniyati
  • Koʻp oqimli ovozni yuborish xususiyati
  • Tomonlar nisbati 21:9 boʻlgan kinoteatral keng formatni qoʻllash
  • Video va audio oqimni dinamik sinxronizatsiyasi

MHL 3.0
2013-yilning 20-avgustida taqdim etilgan MHL interfeysining 3.0 talqini mobil qurilmalarni displeylarga ulash hamda yuqori sifatli audio va videoni uzatish imkonini beradi. Xususiyatlari:

  • 4K (Ultra HD): 3840x2160 piksel hamda 30 Hz kadr chastotasi
  • HDCP 2.2 kontentni himoya qilish texnoligiyasi
  • 7.1 audiokanalli Dolby TrueHD va DTS-HD ovoz uzatish
  • Bir vaqtda bir qancha displeylarni qoʻllash

Super Hi-Vision

[tahrir | manbasini tahrirlash]

NHK kompaniyasi (Yaponiya) 8K UHDTV tasvirli va koʻpkanalli 22.2 ovoz standartini uzatuvchi Super Hi-Vision standartini yaratdi. Davomiyligi 1 soat boʻlgan sekundiga 60 kadr chastotali UHDTV formatdagi siqilmagan videotasvir 25 terabayt hajmga ega. Vaholanki, siqish algoritmlaridan foydalangan holda ushbu videotasvir hajmini 300 gigabaytgacha kamaytirish mumkin. Taxmin qilinishicha, UHDTV tasvir diagonali 11,4 metrgacha boʻlgan ekranga proeksiya qilinadi. Buni amalga oshirishda asosiy qiyinchiliklar yozish uchun kamera hamda sekundiga 24 gigabit siqilmagan maʼlumot oqimini uzatish qobiliyatiga ega uskuna hisoblanadi. UHDTV texnologiyasi bugungi kunda yaqindan tomosha qilinadigan kata ekranlardan foydalanish hisobiga allaqachon koʻrish burchagi 100 gradusgacha erishildi. Asosiy texnik harakteristikalari:

  • Ravshanligi: 7680x4320 piksel (16:9) (33,2megapiksel)
  • Ranglar chuqurligi: har kanalga 10/12 bit
  • Rang maydoni: Rec.2020
  • Kadr chastotasi: 60/120 kadr/sekund
  • Ovoz: 22.2 kanal
  • Oʻtkazish polosasi: 21 GHz chastota diapozoni

Yaponiya hukumati Super Hi-Vision ni xalqaro standart darajasiga koʻtarib, uni shu yili (2015) erkin uzatishni yoʻlga qoʻymoqchi. Yangi UHDTV standartining yana bir eʼtiborga loyiq tomoni, undagi HDR parametri boʻlib, u tasvirdagi turli sathda joylashgan barcha elementlarning contrast nisbatini optimallashga javob beradi. Inson koʻzi eng yorqin oq va eng toʻq qora ranglar orasidagi kontrast farqini 100000:1 nisbatda seza oladi. UHDTV ni ishlab chiqarishda NHK kompaniyasi olimlari ovozning yuqori sifat darajasiga yetishiga ham alohida eʼtibor qaratdilar. Ovozning yangi standarti 22.2 tarzida belgilandi. Bu standartga binoan 10ta dinamik yerdan quloq balandligi darajasida, 9tasi ulardan yuqoriroqda va 3tasi quyiroqda joylashtirilishi kerak. Qolgan 2 dinamik esa past chastota tovush effektlarini hosil qilishga javob beradi. Bunday sistema zamonaviy koʻp kanalli 5.1 va 7.1 standartlarini ancha chetda qoldiradi. Olimlarning taʼkidlashicha, UHDTV ni tadbiq etish sohalari turlicha boʻlib, raqamli kinematografiyadan tortib, tibbiyotgacha qoʻllanishi mumkin. UHDTV imkoniyatlarini namoyish qilishning real sinovlari bir necha bora oʻtkazildi. Lekin, hozirda yangi standartdan foydalanishga eng maqbul joy kinoteatrlardir.

  • С. Н. Ярышев, Цифровые методы записи и воспроизведения видеоинформации / Н. Ф. Гусарова. — СПб.,: НИУ ИТМО, 2012. — С. 11. — 86 с.
  • Марк Кривошеев, На старте широкого внедрения цифрового телевизионного вещания в России (рус.) // «625»: журнал. — 2008. — № 1. — С. 23—35. — ISSN 0869-7914.
  • Светлана Уразова, Телевидение ультравысокой чёткости — уже реальность (рус.) // «625»: журнал. — 2009. — № 5. — ISSN 0869-7914.
  • Михаил Житомирский, Нина Лысова Раздвигая, Горизонты — первая в России UHDTV-трансляция (рус.) // «MediaVision»: журнал. — 2013. — № 6/36. — С. 5, 6.