Kontent qismiga oʻtish

Turkiya florasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Verbascum wiedemannianum— Mullen markaziy Onadoʻli choʻliga xos oʻsimlik

Turkiya florasida 2000-yildan beri 9300 ga yaqin tur oʻsimliklar oʻsishi maʼlum[1]. Yuqori darajada bu xilma-xillikning sababi Turkiya tuprogʻi yumshoq va iqlimining moʻtadilligi bilan birga endemik moslashuv ham hisoblanadi.

Colchicum figlalii. Mugʻla yaqinidagi serpantin togʻi boʻlgan Sandras Dagʻda uchraydigan endemik tur. 1995-yilda fanga yangi kiritilgan.

Turkiyada oʻsimliklarning uchdan bir qismi endemik hisoblanadi. Ularning koʻpligi Onadoʻli togʻlari hosil boʻlishida tarqalgan turlar soni bilan bogʻliq. Onadoʻli togʻlarining tashkil topishi Galapagos orollari arxipelaglari tashkil topishiga oʻxshaydi. Bunda Darvin nazariyasiga koʻra, orollar, togʻlar hosil boʻlayotganida geografik ajralish tufayli oʻsimliklar olamida ham turlar aralashuvi yuzaga keladi va hudud boyicha tarqalishi yuz beradi. Onadoʻli togʻlari kabi Uludağ and Ilgaz Dağ togʻlari ham tabiiy darajada izolyatsiyalangan va eski endemik zonalar ekanligi aniqlangan. Erciyes Dağ hamda Hassan Dağ togʻlarida yosh vulqon zonalari ham endemik hisoblanadi[2].

Onadoʻli togʻlarining hosil boʻlishi va u yerda oʻsimliklar olami tarqalishi Markaziy va Shimoliy Yevropa togʻlari bilan umumiy tarixga ega boʻlib, juda uzoq vaqt talab qilgan. Dastlab muzlik davrlarida endemik oʻsimliklarning koʻp qismi muz tagida qolgan va neoendemik boʻlgan vaqtinchalik sovuq iqlimga moslashgan oʻsimliklar oʻsa boshlanagan. Endemik turlardan muhitga moslashganlarigina omon qolgan. Onadoʻli togʻlarida muzliklar faqat eng baland choʻqqilarni qoplagan, boshqa joylarda esa kichik hududlarda oʻsimliklar yashab qolgan. Shu sabab Onadoʻli Turkiyaning eng koʻp turlanish uchraydigan hududi hisoblanadi.

Ekologik xilma-xilligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sivas janubidagi gipsli tepaliklar.

Markaziy Yevropadan keladigan turistlar uchun Turkiya oʻsimliklar olami va iqlimi xilma-xilligi hayratlanarli. Yevropadagi barcha iqlim zonalari Turkiyada ham uchratish mumkin. Ayniqsa, Qora dengiz sohillarida yil davomida namgarchilik yuqori boʻlib, Rize va Hopa shaharlarida koʻp yogʻingarchilik boʻladi. Pont tizmasi, markaziy Onadoʻli hududlari nisbatan quruq va qishda sovuq boʻladi. Janubiy va gʻarbiy qirgʻoqlarda iqlim Oʻrta Yer dengizi kabi qishi yumshoq, nam, yozi quruq va issiq boʻlib boradi. Baland togʻli hududlarda sovuq iqlim yil davomida saqlanib qoladi.

Onadoʻli tuprogʻi ham xilma-xil boʻlib, shoʻrlanish darajasi markaziy Onadoʻlining eng quruq qismlari, Kağızman, Armenia, Armaniston oʻrtasidagi Aras vodiylarida uchraydi. Bu hududlarda tuz miqdori koʻp boʻlib, baʼzan huddi qor boʻlaklari kabi togʻlardan oqib turadi. Sivas va Gürünlü atroflarida oʻziga hos florasiga ega gipsli qatlamlar mavjud.

Onadoʻli togʻ tizmasining dioganal qismi — Oʻrta Yer dengizining shimoliy-sharqiy burchagidan Qora dengizning janubiy-sharqiy qismigacha boʻlgan hududlarning oʻsimliklar olami gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlinadi. Dioganalning gʻarbiy qismidagi oʻsimliklar koʻp jihatdan sharqda uchraydiganlaridan farq qiladi. Izlanishlar davomida 550 turdan 135 tasi sharqiy, 228 tasi gʻarbiy olamga mansubligi aniqlangan[3].

Gulli oʻsimliklarning biologik xilma-xilligiga sabab boʻladigan Onadoʻli togʻlarining oʻzida 400 ga yaqin oʻsimlik turlari oʻsadi[4].

Turkiya florasining oʻziga hosligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaylovlardagi tikanli yostiq hosil qiluvchi oʻsimliklar, asosan „Astragalus angustifolius“.

400 ga yaqin turlar ichidan Astragalus oʻsimligi Turk florasining eng koʻp tarqalgan turi hisoblanadi. Bundan tashqari tarixiy rivojlanish davrlarida odamlar tomonidan daraxtsiz, oʻt-oʻlansiz quruq joylarga koʻp turli oʻsimliklar ekib kelingan. Atrof muhit sharoitlariga qarab bir yillik oʻtlar, kichik yogʻochli, tikanli butalar kabi hayot shakllari oʻstirilgan. Astragalusdagi tabiiy turlarning koʻp ekanligi aniqlash uchun ham Onadoʻli togʻ zonalari chuqurroq taftish qilinmoqda. Turk Astragali uchun Onadoʻli togʻlari eng qulay zona boʻlib, koʻpincha u qoyalarda tikanli yostiq hosil qilib oʻsadi. Tikanli yostiq faqat astragal uchun hos boʻlib qolmay, Fabaceae oilasiga mansub Onobrychis cornuta ham shunday yostiqlar hosil qiladi. Verbascum oʻsimligining vatani ham Turkiya hisoblanib, dunyo boʻyicha uning 360 ga yaqin turidan 232 tasi Turkiyada oʻsadi. Turning 80%i Onadoʻli togʻlarida endemik hisoblanadi. Unda ham maxsus himoya mexanizmlari mavjud boʻlib, tanasidagi mayda tuklar suv yoqotishdan, qoramollardan himoyalaydi. Centaurea turida esa tuklar kamdan kam uchrab, unda asosan tikanli, qisqa poyasi boʻladi.

Turlar boʻyicha Turkiyadagi eng muhim nasllar sonlari

Iqlimga moslashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Pinus nigra markaziy Toros togʻlarida keng qatlamlar hosil qilishi.

Shimoliy Onadoʻli sohilidagi Pontus togʻ tizmasi Qora dengizdan kelayotgan nam havoga maʼlum darajada toʻsqinlik qiladi va yil davomida Pontusning shimoliy yon bagʻirlarida yogʻingarchiliklarga sabab boʻladi. Cheklangan Oʻrta Yer dengizining taʼsiri faqat tor qirgʻoq zonalaridagina seziladi, shimoliy-sharqda kuzatilmaydi. Togʻning pastki oʻrmonlarida oʻsimliklardan shirin kashtan (Castanea sativa), shoxli Carpinus betulus koʻp uchraydi. Sharq olxasi deb nomlanuvchi oʻsimlik va Nordman archalari oʻrmonlar hosil qiladi. Pontika toʻsigʻidan 4000 m balandlikda Kaçkar togʻlari joylashgan boʻlib, u yer namlik yuqoriligi bilan ajralib turadi. Trabzon sharqiy hududlaridagi oʻsimliklar subtropik iqlimga moslashgan boʻlib, oʻrmonlarda doimiy yashil oʻsimliklar oʻsadi. Trabzon atrofi yonbagʻirlarida choy plantatsiyalarini koʻrish mumkin.

Pontiyaning janubiy tomoniga oʻtgan sari iqlim quruqlashib boradi. Togʻlarda Abies nordmanniana, Pinus oʻsimlik turlari keng tarqaladi. Pontiyaning gʻarbida koʻpincha qoraqaragʻay (Pinus nigra), sharqida esa Skotts qaragʻaylari (Pinus sylvestris) oʻsadi. Markaziy Onadoʻlining quyi qismlarida daraxtlar uchramaydi. Chuqur tuproqli dalalar quruq tepaliklar, dashtlar bilan almashadi. Qurgʻoqchilik yuqori darajada boʻlib, Anqara janubidagi Tuz Gölü atrofida va Armaniston chegarasi yaqinidagi Aras vodiysida koʻp shoʻrlanish uchraydi. Kağizman va Tuzluca vodiylarida toza tuz konlari mavjud boʻlib, yalangliklar boʻylab yoyilgan.

Tavr togʻlarining ham oʻsimlik olami oʻziga hos boʻlib, u Onadoʻlining janubiy chekkasida joylashadi. Oʻrta Yer dengizi bevosita taʼsir koʻrsatadi. Qishi qorli, yozi quruq va issiq. Klimaks oʻrmonlarida Kilikiya archasi, qoraqaragʻay, Livan Sadr kabi turlar tarqalgan. Torosda koʻp miqdorda oʻrmon kesilishlari boʻlgani uchun Cedrus turlari yoqolib ketgan.

Antaliya viloyatida yogʻingarchilik ancha koʻp boʻlib, oʻrtacha harorat 18,3 °C (Angliya janubi)ga nisbatan 9,7 °C ni tashkil qiladi. Bu sharoitda Kermes emani (Quercus coccifera), turk qaragʻayi (Pinus brutia) kabi qattiq bargli oʻsimliklar oʻsadi. Bugungi kunga kelib bu oʻrmonlarning koʻpchiligi unumli tuproqlari sababli dehqonchilik maqsadlarida vayron qilinayotgani undagi turlar soniga ham jiddiy zarar yetkazmoqda. Masalan, Adana atrofidagi Kilikiya tekisligida bir qancha dehqonchilik yerlari mavjud.

  • DAVIS, P. H. ed. 1965-1988: Flora of Turkey and the East Aegean Islands, 10 vols.− Edinburgh: University Press.
  • GÜNER, A. & al. 2000: Flora of Turkey Supplement 2 [= vol 11].− Edinburgh: University Press.
  • KREUTZ, D. A. J. 1998: Die Orchideen der Türkei[permanent dead link], 766 pp.− Landgraaf (NL): Selbstverlag.
  • MAYER, H. & AKSOY, H. 1986: Wälder der Türkei.- Stuttgart & New York: G. Fischer Verlag. Contents as pdf.
  • KÜRSCHNER, H., RAUS, T. & VENTER, J. 1995: Pflanzen der Türkei. Ägäis — Taurus — Inneranatolien.− Wiesbaden: Quelle & Meyer. Contents as pdf.
  • PILS, G., 2013: Endemism in Mainland Regions — Case Studies: Turkey.- p. 240-255 in: HOBOHM, C. (Ed.): Endemism in Vascular Plants.- Springer Verlag[5].
  • SORGER, F. 1994: Blumen der Türkei.− Stapfia (Linz) 34. [pdf, 21,54Mb]
  • TURKISH JOURNAL OF BOTANY[6].
  1. "Turkey’s flora and fauna". allaboutturkey.com. Retrieved 12 June 2014.
  2. Schneeweiss, Gerald M.; Asgarpour, Zahra; Moser, Dietmar; Mahmoodi, Mohammad; Sherafati, Mahbubeh; Zare, Golshan; Noroozi, Jalil (2019). „Patterns of Endemism in Turkey, the Meeting Point of Three Global Biodiversity Hotspots, Based on Three Diverse Families of Vascular Plants“. Frontiers in Ecology and Evolution. 7. doi:10.3389/fevo.2019.00159. ISSN 2296-701X.
  3. Ekima, T.; Günera, A. (1989). „The Anatolian Diagonal: fact or fiction?“. Proceedings of the Royal Society of Edinburgh, Section B: Biological Sciences. 86: 69-77. doi:10.1017/S0269727000008915.
  4. Münir Öztürk; Khalid Rehman Hakeem; I. Faridah-Hanum; Recep Efe (2015). Climate Change Impacts on High-Altitude Ecosystems. Springer. pp. 280-283. ISBN 978-3-319-12859-7.
  5. https://www.springer.com/life+sciences/ecology/book/978-94-007-6912-0
  6. https://web.archive.org/web/20100311233919/http://journals.tubitak.gov.tr/botany/index.php