Turabay Kulatov
Turabay Kulatov | |
---|---|
Qirgʻiziston SSR Xalq Komissarlari Kengashi raisi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1907-yil 28-dekabr Qizil-Buloq (Novqat tumani) Farg'ona viloyati Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1984-yil 19-fevral Bishkek Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi |
Siyosiy partiyasi | VKP(b) (1932-yildan beri) |
Mukofotlari |
Turabay Kulatovich Kulatov (1907-yil 28-dekabr, Qizil-Buloq, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1984-yil 19-fevral, Bishkek, Qirgʻiziston SSR) — sovet davlat va partiya arbobi, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (1945—1978). Qirg‘iziston Respublikasi Qahramoni (2019, vafotidan keyin).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turabay Kulatov 1907-yil 28-dekabrda Turkiston viloyati Fargʻona viloyati Qizil-Buloq qishlogʻida (hozirgi Qirgʻiziston) dehqon oilasida tavallud topgan.
1961-yilda KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. Mehnat faoliyatini ishchi sifatida boshlagan.
1926-yildan temir yoʻlda ishchi, yuk koʻtaruvchi, keyin Qizil-Qiya konining ishchisi boʻlgan. 1934-yildan kon qoʻmitasi raisi, 1938-yilda Qizilqiya shahar Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, keyin „Qirgʻizugol“ tresti direktorining oʻrinbosari, 1938 — 1945-yillarda Qirgʻiziston SSR Xalq Komissarlari Sovetining raisi, 1946-yildan SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi Raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1945-yilning noyabrida Turabay Kulatov Respublika Oliy Kengashi Prezidiumi raisi etib saylandi va u 1978-yilning avgustigacha shu yerda ishladi[1].
1945 — 1978-yillarda Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi boʻlgan. 1932-yildan VKP (b) aʼzosi, 1939—1981-yillarda KPSS Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi va SSSR Oliy Kengashining 1- va 8-chaqiriq deputati hisoblanadi.
Turabay Kulatov 1978-yilda pensiyaga chiqqan[2].
Mukofotlar va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirgʻiziston Respublikasi Qahramoni „Oq-Shumkar“ maxsus koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan (2019-yil 28-avgust, vafotidan keyin) — Qirgʻiziston davlati va xalqi oldidagi ulkan shaxsiy xizmatlari, vatanparvarligi va ona Vatanga fidoyiligi uchun
5 marta Lenin ordeni.
4 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президента Кыргызской Республики от 28 августа 2019 года УП № 107 «О присвоении высшей степени отличия «Кыргыз Республикасынын Баатыры» Т.Кулатову (посмертно)»“. 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-aprel.
- ↑ „Кулатов Торобай Кулатович“.
- ↑ „Кулатов Торобай“.