Truba
Registri | |
---|---|
| |
Oʻxshash asboblar | |
Gorn, kornet | |
Musiqachilar | |
V. Pulatov, V. Verigin, M. Muhiddinov |
Truba (italyancha: tromba, fransuzcha: trompette, nemischa: Trompete — quvur, inglizcha: trumpet[1]) – yuqori registrli mispuflama soz.
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yorqin va kuchli ovozga, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega. Nayi bir aylana bukilgan, kanalining uzunligi 1500 mm atrofida. Qadimdan maʼlum boʻlib, oʻrta asrlarda harbiy, signal musiqa cholgʻusi sifatida keng tarqalgan. Jez yoki mis va rux qotishmasidan yasaladi. XIX asr boshidan pompa yoki ventil mexanizmli trubalar paydo bulgan. Hozirda, asosan, si bemol (in V) va do (in S) tonidagi trubalar qoʻllanadi. Yakkanavoz, ansambl va orkestr sozi sifatida ishlatiladi. Oʻzbekiston truba ijrochiligi va taʼlim tizimida V. Pulatov, V. Verigin, M. Muhiddinovlar tanilgan. Oʻzbek kompozitorlaridan S. Karimhoji (2 ta – 1967, 1968), M. Bafoyev (1979), P. Xoliqov (1987) va boshqalar truba uchun konsertlar yaratishgan[2].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alt truba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alt truba (ruscha: „альтовая труба“; italyancha: „tromba“, „contr-alto“) – kam qoʻllanadigan truba turlaridan biri boʻlib, asosan fa (in F) yoki sol (in G) sozlarida ishlatiladi. Ushbu cholgʻu asbobi notada yozilganidan sof kvinta yuqoriroq yoki sof kvarta pastroq yangraydi[3]. Ovoz hajmi kichik oktavadagi fa diyez notasidan, ikkinchi oktavadagi fa va sol notasigacha boʻlgan diapazonni qamrab oladi. Notalar kalitoldi belgilarisiz skripka kalitida yoziladi. Simfonik orkestr partiturasida alt truba trombondan keyin yoziladi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Музыкальная энциклопедия 1981.
- ↑ „Truba“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Музыкальная энциклопедия. М.: Советская энциклопедия, 1981 — 1056-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |