Kontent qismiga oʻtish

Toshxon Sultonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshxon Sultonova (1909.7.1, Fargʻona viloyati Toshloq tumani — 1989.25.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgach (1927), Hamza teatrida ishlagan. S. ijodiga oʻzbek ayollari obrazi xos, u ayniqsa, harakterli rollar ustasi. Qaxramonlari psixologiyasi, ularning ichki dunyosini ochishda hayotiy unsurlardan omilkorlik bilan foydalangan, ularning milliyligiga alohida eʼtibor bergan. "Ikki boyga bir malay"dagi Smeraldina, "Revizor"da Anna Andreyevna, "Boy ila xizmatchi"da Rahima xola, "Muhabbat"da Toshxon, "Yurak sirlari"da Roʻzvon, "Turkiya haqida hikoyalar"da Fotima, "Ogʻriq tishlar"da Rohila, "Hurriyat"da Xosiyat, "Parvona"da Adolat, "Mirzo Ulugʻbek"da Gavharshodbegim, "Komissiya"da Tuhfa kabi rollari bilan tanilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil