Toshkent (sayilgoh, Ashxobod)
„Toshkent“ sayilgohi | |
---|---|
Joylashuv | Turkmaniston |
Turi | madaniyat va istirohat bog'i |
Xarita |
Toshkent bogʻi (turkmancha: "Daşkent" seýilgähi) — Ashxobod markazidagi katta istirohat bogʻi, 2022-yilda ochilgan[1]. Mahtimguli [2] koʻchasi va Kemine koʻchasi oraligʻida joylashgan. Bugungi kunda u 30,000 m2 [3]maydonni egallaydi. Shahardagi eng katta va eng mashhur bogʻlardan biri.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki qoʻshni davlat poytaxtlari — Ashxobod (Turkmaniston) va Toshkent (Oʻzbekiston) birodarlashgan shaharlardir. Ashxobod va Toshkent shahar maʼmuriyatlari oʻrtasida qardosh shaharlar munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitim 2017-yil 20-may kuni imzolangan edi.
Bogʻning qurilishi 2022-yilda yakunlangan. Qurilish pudratchisi "Zehinli ish" kompaniyasi edi.
2022-yilning 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirokida bog‘ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va Toshkent bogʻi tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.
Rejalashtirishi va bezatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogʻ hududida Toshkent teleminorasinin kichik nusxalari, Ezgulik monumenti (shunday archa Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoniga kiraverishda qurilgan) va boshqa diqqatga sazovor joylar qayta tiklandi.