Kontent qismiga oʻtish

Torbernit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Torbernit, mis, uranli slyudka (shved mineralogi Torbern Bergman nomidan) — oddiy suvli fosfatlar kichik sinfga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Cu(UO2)2 [RO4)212N2O. Tetragonal singoniyali. Och yashil, shishadek yaltiroq, kuchli radioaktiv. Qattiqligi 2—3, zichligi 3,2—3,6 g/sm3. Uran rudalari konlari oksidlanish zonasida keng tarkalgan mineral. Pegmatitli granitlarda ham uchraydi. T. uranning fosfatli va silikatli birikmalari hamda temirning gidrooksidlari bilan birga uchraydi. Yuqori trali turi metatorbernit (Cu(UO2)2[PO4]2 8H2O). Yirik uyumlari — uran rudasi. Uran rudalarini qidirishda darakchi hisoblanadi.