Tonika
Qiyofa
Tonika (italyancha: „tonica“; grekcha: „tonos“) — laddagi eng turgʻun pogʻona. Unga laddagi barcha pogʻonalar tortiladi yoki boʻysunadi. Tonika musiqa harakatini tugallangan holda yakunlash qobiliyatiga ega boʻlib, I va VIII rim raqamlari bilan yoki T (t) harfi bilan belgilanadi.
Tonika, shuningdek, major yoki minor tonika uchtovushligi sifatida tushuniladi, yaʼni laddagi birinchi pogʻonadan (tonikadan) hosil qilingan uchtovushlikni ifodalaydi. Bu musiqa asarlarining harakatini barqarorlikka olib keluvchi asosiy nuqta sifatida xizmat qiladi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.