Kontent qismiga oʻtish

Minor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lya minor tovushqatori

Minor (lotincha: minor — kichik) — 1) garmoniyaga asoslangan koʻp ovozli musiqada asosiy ladlardan biri (aksi  major). Yevropa musiqasida XVI-XVII asrlardan rivoj topgan. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pagʻonalari) kichik uch tovushli akkordni hosil qiladi. Minor tizimida bastalangan asarlarga koʻproq gʻamgin, mungli tus xosdir. Minor va major orasidagi qarama-qarshilik musiqa sanʼatining muhim ifoda vositalaridan;

2) keng maʼnoda — lad turi; asosiy tayanch pardaga nisbatan kichik tersiya intervali oraligʻida joylashgan 3-pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda eoliy, doriy, frigiy, lokriy va boshqa tovushqator va gammalar minor xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, frigiy (masalan, „Tanavor“, „Sayqal“), eoliy („Saraxbori Navo“), doriy („Saraxbori Segoh“) minorlar koʻproq uchraydi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil