Kontent qismiga oʻtish

Togoda islom dini

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Togodagi islom dini umumiy aholining 18%[1] yoki uchdan bir qismidan(33%) koʻproqni tashkil qiladi[2]. Islom dini Togoga Gʻarbiy Afrikaning koʻp qismi bilan bir vaqtda kelgan. Togodagi musulmonlarning katta qismi sunniylik Molikiy fiqh maktabi, baʼzilari Ahmadiya va shia musulmonlaridirr[iqtibos kerak].

Togo shimolidagi masjid

Islom dini birinchi marta Gʻarbiy Afrikaga Sahroi Kabirning janubida, tuz va oltin savdo yoʻllari orqali kirib kelgan. Islomlashgan barbar va tuareg savdogarlari Sahroi Kabir savdo yoʻllari boʻylab sayohat qilishgan. Vaqt oʻtishi bilan musulmon ulamolari – oʻz eʼtiqodlarini oʻrgatdilar va yoʻllar boʻylab masjidlar qurdilar – savdogarlarga sayohatlarida hamrohlik qilishdi. Anʼanaviy koʻchmanchi guruh boʻlgan Hausa Mande va Fulani butun Gʻarbiy Afrika boʻylab sayohat qilib, oʻzlarining musulmon eʼtiqodlarini hozirgi Gvineya, Syerra-Leone va Liberiya kabi joylarga yoyishdi[iqtibos kerak].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togodagi musulmonlar soni haqidagi taxminlar manbaga qarab farq qiladi. CIA World Factbook bu koʻrsatkichni 20% deb koʻrsatadi[iqtibos kerak]. Pew tadqiqot markazi tomonidan 2020-yil uchun prognoz aholining 14% yoki 1,020,000 kishini tashkil qiladi[3].

Tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togo musulmonlari federatsiyasi mamlakatdagi eng yirik musulmon tashkilotidir. U islom dini bilan bogʻliq ishlar bilan shugʻullanadi va ekstremizmga qarshi chiqadi[4].

Maʼlum musulmonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mohamed Kader, FIFA jahon chempionati gol urgan birinchi togol oʻyinchisi.

  1. „National Profiles“. www.thearda.com. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  2. Logo, Alphonse. „Togolese Muslims begin spiritual preparations for Ramadan“. AA (2015-yil 17-iyun). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  3. „Religions in Togo | PEW-GRF“. www.globalreligiousfutures.org. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  4. „Muslims playing active role in Togo“. Arab News (2013-yil 22-fevral). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.