Kontent qismiga oʻtish

Afgʻonistonda islom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Din Foiz
Islom
  
99.7%
Boshqa
  
0.3%
Dinlarning tarqalishi

7-10-asrlarda arablar tomonidan Afgʻonistonni bosib olinishi ortidan Afgʻonistonga islom dini kirib kelgan. Islom mahalliy jamoalar tomonidan zardushtiylik va buddizmning oʻrnidagi din sifatida qabul qilingan. Mahalliy qabilalar yangi dinga oʻtishni boshlagan. Islom Afgʻonistonning rasmiy davlat dini boʻlib, Afgʻoniston aholisining taxminan 99,7% musulmonlardir. Taxminan 90% sunniy islomga amal qiladi, taxminan 10% shialar[1][2]. Aksariyat shialar oʻn ikki imomga mansub va faqat ozroq qismi ismoiliylarga ergashadi[1].

Forsni zabt etish tugallangandan soʻng, musulmon arablar Eronning sharqiy yerlariga qarab harakatlana boshlaganlar va 652-yilda Hirotni egallab olganlar[3]. Milodiy 10-asr oxiriga kelib turkiy gʻaznaviylar Qobul Shohi podshohlarini boʻysundirganlar.

  1. 1,0 1,1 „Chapter 1: Religious Affiliation“. The World’s Muslims: Unity and Diversity. Pew Research Center's Religion & Public Life Project (2012-yil 9-avgust). Qaraldi: 2013-yil 4-sentyabr.
  2. „People and Society:: Afghanistan“. The World Factbook. www.cia.gov. Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  3. "Afghanistan | history – geography" (en). Encyclopedia Britannica. https://www.britannica.com/place/Afghanistan. Qaraldi: 2018-01-09.