Toʻqqizinchi val
Toʻqqizinchi val | |
---|---|
: ' | |
Rassom | Ivan Ayvazovskiy |
Yil | 1850 |
Oqim | Moy bo'yoq tasviri |
Joylashuvi | Rossiya davlat muzeyi, Sankt-Peterburg |
Toʻqqizinchi val (ruscha: Девятый вал) — 1850-yilda asosan dengiz mavzusida asarlar yaratuvchi rus rassomi Ivan Ayvazovskiy tomonidan chizilgan kartina. Kartina rassomning eng mashhur sanʼat asarlaridan biri sanaladi[1][2].
Asar sarlavhasi kichik toʻlqinlar ketidan aql bovar qilmaydigan katta toʻlqin kelishini anglatuvchi dengizchilarning eski iborasiga ishora qiladi[3].
Kartinada tungi boʻrondan soʻng dengiz va halokatga uchragan kema qoldiqlariga yopishib tirik qolish uchun kurashayotgan odamlarning oʻlimga duchor boʻlayotganligi tasvirlangan. Kemadan qolgan xoch shaklidagi qism „yerdagi gunohlar uchun najot faqat nasroniylik dinida“ degan metaforani anglatadi. Toʻqqizinchi valda ifodalangan quyosh hosil qilgan iliqlik dengizdagi toʻlqinlar qoʻrqinchini kamaytirib, insonlarda tirik qolish uchun imkoniyat mavjuddek koʻrsatadi. Ushbu kartina tabiatning ham xavfli, ham chiroyli ekanligini tasvirlab bergan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Ninth Wave“. Hermitage Museum. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
- ↑ „Aivazovsky, I. K. The Ninth Wave. 1850“. Auburn University. — „Detail from "The Ninth Wave" "The Ninth Wave," painted in 1850, is Aivazovsky's most famous work and is an archetypal image for the artist.“. 2015-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
- ↑ „Debating Globalization and the Ninth Wave“. 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-may.