Tilovbergan Jumamuratov
Tilovbergan Jumamuratov | |
---|---|
Asl ismi | qoraqalpoqcha: Tilewbergen Jumamuratov |
Tavalludi |
15-iyun 1915 |
Vafoti |
2-aprel 1990 Nukus |
Ijod qilgan tillari | 1937—1990 |
Fuqaroligi | SSSR |
Imzosi | |
Tilovbergan Jumamuratov (1915.27.12, Moʻynoq tumani – 1990.20.4, Nukus) — Oʻzbekiston (1969) va Qoraqalpogʻiston (1967) xalq shoiri. Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1948). „Yurak muhabbati“ (1956), „Doʻstlik“ (1959), „Davrimiz yulduzlari“ (1962), „Moʻʼjizakor siymo“ (1965), „Toʻlqinda“ (1970) doston va sheʼrlar toʻplami, „Guzal Makarya“ sheʼriy romani (1965) bor. „Qirgʻiz doʻstlarimga“, „Oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulomga“, „Navoiy haqida“ (1967) kabi sheʼrlarida xalqlar doʻstligi, qardoshligi kuylangan. „Mehnatda toblanganlar“ (1957), „Muhabbat siri“ (1958) hikoya va ocherklar toʻplami, „Qizlar hazili“ (1967), „Ogʻir kunlar“ (1977) pyesalari muallifi. Bir qator asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan („Mening zamondoshlarim“, 1962; „Amu qoʻshiqlari“, 1965 va b.). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1972).[1]
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tilovbergan Jumamuratov 1915-yil 27-dekabrda Rossiya imperiyasi, Oqdaryo ovulida dehqon oilasida tugʻilgan[2]. Erta yetim qolib, onasining saʼy-harakati bilan dastlab madrasada, soʻngra 1931—1932 yillarda Aralsk shahridagi oʻquv muassasida tahsil olgan. 1936—1937-yillarda Toʻrtkoʻl shahridagi oʻqituvchilar kurslarida oʻqigan. 1937—1942-yillarda qishloq maktablarida dars bergan[2]. Moʻynoq tumani „Qizil baliqshi“ gazetasida muharrir boʻlib ishlagan (1942—1944). 1943—1948-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarix fakultetining sirtqi boʻlimida oʻqishni davom ettirgan[2]. 1945—1949-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Moʻynoq tumani qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri. 1949—1951-yillarda Qoraqalpogʻiston matbuot boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari. 1951—1954-yillarda respublika radioeshittirishlari adabiy-badiiy eshittirishlar boʻlimi mudiri; 1957—1961-yillarda „Qoraqalpogʻiston Soveti“ gazetasi badiiy adabiyot boʻlimi mudiri, 1961—1963-yillarda Qoraqalpoq davlat bosmaxonasida adabiyot boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan[3]. 1963—1983-yillarda Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi katta maslahatchisi. 1983-yilda pensiyaga chiqqan. 1990-yil 20-aprelda Nukusda vafot etgan[3].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tilovbergan Jumamuratov yoshligidan she’rlar yozgan. Improvizatsiya qobiliyatiga ega boʻlgan shoir. Qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini saqlab qolgan soʻnggi improvizatsiyachi shoirlardan biri. Tilovbergan Jumamuratov ifodali o'qishning o'ziga xos ijro uslubi bilan ajralib turardi, o'zining, hatto yirik asarlarini ham yoddan o'qirdi. Shoir o'zining ajoyib xotirasi tufayli folklorshunoslarga xalq she'riyatining marvaridlarini tiklashda yordam bergan[2]. Mumtoz shoirlarning ma’naviy merosi, til madaniyati, musiqa va boshqalarga oid qator tanqidiy maqolalar muallifi. Tilovbergan Jumamuratov Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Mahtumquli, Toktogul Satilganov, Musa Jalil, Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Mixail Yuryevich Lermontov, Anna Axmatova, Stepan Shchipachev, Petro Panch, Vadim Shefner, Stepan Oleynik va boshqa ijodkorlarning asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilishda ishtirok etgan[3]. Tilovbergan Jumamuratov pyesalari Qoraqalpoq davlat teatrida sahnalashtirilgan[2]. „Maktab oʻquvchilari uchun ruscha-qoraqalpoqcha frazeologik lugʻat“ muallifi (1985).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Moʻynoq tumanida tugʻilganlar
- Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari
- 1915-yilda tugʻilganlar
- 27-dekabrda tugʻilganlar
- 1990-yilda vafot etganlar
- 20-aprelda vafot etganlar
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Oʻzbekistonlik shoirlar
- Oʻzbekiston dramaturglari
- Oʻzbekiston muharrirlari
- Qoraqalpogʻistonlik shoirlar
- Qoraqalpogʻistonlik yozuvchilar
- Qoraqalpogʻistonlik dramaturglar
- Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari
- Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari
- Qoraqalpogʻiston xalq shoirlari
- Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti sohiblari
- Oʻzbek tarjimonlari