Tillakoʻz pashshalar
Qiyofa
Tillakoʻz pashshalar (Chrysops) — soʻnalar oilasiga mansub pashshalar urugʻi. Uz. 1—2 sm. 200 tacha, jumladan Oʻzbekistonda 7 turi maʼlum. Koʻpchilik turlari oʻrmon mintaqasi uchun xos (ayniqsa Sibirda koʻp uchraydi). Lichinkalari, asosan, suv havzalari qirgʻogʻida yashab, organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi yirik sut emizuvchilar qonini soʻradi; erkagi gul shirasi bilan oziqlanadi. Tillakoʻz pashshalar uy hayvonlari va odamlarga tulyaremiya, kuydirgi va boshqa kasallik qoʻzgʻatuvchilarini yuqtiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |