Kontent qismiga oʻtish

Thor: Ragnarok

Ushbu maqola yaxshi maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Thor: Ragnarok

Film posteri
Rejissyor(lar) Taika Waititi
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Mark Mothersbaugh
Kinematografiya Javier Aguirresarobe
Muharrir(lar)
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 10-oktyabr, 2017-yil(2017-10-10) (Los-Anjeles)
  • 3-noyabr, 2017-yil(2017-11-03) (AQSh)
Davomiyligi 130 daqiqa[1]
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $180 million[2]
Daromadi $865 million[2]

Thor: Ragnarok“ (ayrim oʻzbekcha manbalarda „Thor: Ragnaryok“ oʻlaroq maʼlum[3][4]) — 2017-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi oʻn yettinchi kinokartina. „Thor“„“ (2011), „Thor: The Dark World“ (2013) filmlarining davomi. Marvel komikslaridagi Thor personajiga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Taika Waititi rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Eric Pearson, Craig Kyle, Christopher Yost hamkorlikda yozgan. Bosh rollarni Chris Hemsworth, Tom Hiddleston, Cate Blanchett, Idris Elba, Jeff Goldblum, Tessa Thompson, Karl Urban, Mark Ruffalo, Anthony Hopkins ijro etgan.

„Thor“ haqidagi uchinchi filmni suratga olish boʻyicha rejalar ommaga 2014-yilning yanvarida Kyle va Yost kinokartina ssenariysini yozishni boshlaganida maʼlum boʻlgan. Hemsworth va Hiddlestonning kinofilmda ishtiroki oʻsha yilning oktyabrida eʼlon qilingan. Oradan bir oy oʻtib esa film nomi maʼlum qilingan. „Thor: The Dark World“ kartinasiga rejissyorlik qilgan Alan Taylor „Thor: Ragnarok“ga rejissyorlik qilishdan bosh tortgach, uning oʻrnini Waititi egallagan. MKK filmlarida Bruce Banner / Hulk rolini ijro etgan Ruffalo aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan, bu esa film ijodkorlariga „Planet Hulk [en]“ syujet chizigʻi unsurlarini ekranlashtirish imkoniyatini bergan. Qolgan aktyorlarning filmda ishtiroki 2016-yilning mayida eʼlon qilingan. Oʻsha yilning iyulida Pearsonning ssenariychi sifatida ishtirok etishi maʼlum boʻlgan. Suratga olish ishlari 2016-yilning iyulida Avstraliyaning Brisben va Sidney shaharlarida boshlanib, oʻsha yilning oktyabrida yakunlangan.

„Thor: Ragnarok“ premyerasi 2017-yilning 10-oktyabrida Los-Anjeles shahridagi El-Kapitan teatrida boʻlib oʻtgan. Oʻsha yilning 3-noyabridan esa AQSh kinoteatrlarida koʻrsatila boshlagan. Kartina aktyorlar ijrosi, rejissyorlik ishi, ekshn-sahnalar, yumor uchun tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $855 million mablagʻ toʻplab, 2017-yilning toʻqqizinchi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning davomi — „Thor: Love and Thunder“ 2022-yilning iyulida ekranlarga chiqarilgan.

Sokovia urushidan ikki yil oʻtib,[N 1] Thor olov iblisi – Surtur tomonidan Muspelheimda asir olindi. Surtur Thorga otasi Odin hozirda Asgardda emasligini va Surturning tojini Asgardda sqlanayotgan „Abadiy olov“ bilan birlashtirgandan soʻng, bashorat qilingan Ragnarök sodir boʻlib, Asgard yoʻq boʻlib ketishi toʻgʻrisida soʻzlab beradi. Thor oʻzini halos etib, Surturni magʻlub etadi. Soʻngra, Surturdan tojni olib, Ragnarökni oldini olganiga ishonch hosil qiladi.

Thor Asgardga qaytib, Heimdall qidiruvda ekanligini va otasi Odinning qiyofasida taxtni ukasi – Loki egallaganini bilib oladi. Thorning tazyiqidan soʻng, Loki otasi Odinni topishiga koʻmaklashadi. Ikkovlon Yer sayyorasiga borib, Stephen Strangening ularga bergan koʻrsatmalariga binoan Norvegiyada Odinni topishadi. Odin ikki oʻgʻliga oʻlish vaqti kelganligini aytib, Ragnarök Thorning uni oldini olishga qilgan saʼy-harakatlariga qaramasdan sodir boʻlishi taʼkidlaydi. Keyinchalik, u Thor va Lokiga ular bilmaydigan toʻngʻich farzandi – Hela uzoq vaqtlardan beri tutqunlikda boʻlgan qamoqdan chiqib ketganligi haqida soʻzlab beradi. Hela toʻqqiz olamnining fath etilishida Odinga koʻmak bergan, lekin Odin uni juda shijoatli va qudratli deb qoʻrqqani tufayli qamoqqa taslaydi. Odin oʻladi va Hela paydo boʻladi. Keyin Hela Thorning Mjolnirini sindirib tashlaydi va Bifröst koʻprigidan qochishga uringan Thor va Lokini fazoga chiqarib tashlaydi. Hela Asgardga kelib, oʻz armiyasini magʻlubiyatga uchratadi va Uch Janchilarni oʻldirdi. Keyinchalik u bilan jang qilgan qadimgi oʻliklarni, jumladan, uning yirik boʻrisi Fenrisni tiriltiradi va Asgardlik Skurgeni jallod sifatida tayinlaydi. Hela Asgard imperiyasini kengaytirish uchun Bifröstdan foydalanishni rejalashtirmoqda, lekin Heimdall koʻprikni boshqaradigan qilichni olib qochib ketadi va boshqa Asgardliklarni yashirishni boshlaydi.

Thor Sakaar sayyorasidagi axlatlar toʻplangan joyga borib qoladi. Keyinchalik, Thorni Sakaardagi qul savdogar Scrapper 142, boʻyniga qurilma qoʻyib, uni faollashtirish orqali boʻysundiradi va uni Sakaarning hukmdori Grandmasterga sotadi. U yerni Loki allaqachon oʻzlashtirib olgan boʻladi. Thor 142’ni uzoq vaqtdan beri Hela jangida qatnashgan afsonaviy ayol jangchi kuchlari boʻlgan Valkyrielardan biri sifatida tan oladi va u Yerdagi birodari Hulkga qarshi Grandmasterning Chempionlar musobaqasida raqobatlashishga majbur boʻladi. Jangda dastlab Hulk Thorni magʻlub qiladi. Keyinchalik Thorning jahli chiqadi va chaqmoq orqali Hulkni yengadi. Ammo, Grandmaster Hulkning gʻalabasi uchun Thorning boʻynidagi qurilmani faollashtiradi. Behush boʻlgan Thor Hulkning saroyida uygʻonadi. Ayrim sabablarga koʻra maʼlum muddat u yerdan chiqa olmaydi. Tez orada u saroydan qochishga va Hulkni Sakaarga olib kelgan Quinjetni topishga muvaffaq boʻladi. Hulk Thorni Quinjetga kuzatib qoʻyadi, u yerda Natasha Romanoffning qaydnomasi uni Sokovia urushidan beri ilk marotaba Bruce Bannerga aylantiradi.

Grandmaster Loki bilan 142’ga Thor va Hulkni topishni buyruq beradi, lekin bu juftlik urushib qoladi. Loki esa unga Valkyrieʼlarning Hela tomonidan oʻldirilishi voqeasini eslashga majbur qiladi. Thorga yordam berishga qaror qilib, u Lokini asir oladi. Orqasida qolishni istamaydigan Loki guruhga Grandmaster kemalarining birini oʻgʻirlaydi. Keyinchalik Korg va Miek, boshqa gladiatorlarni ozod qiladilar. Loki yana Thorni Grandmasterga sotishga urinib koʻradi, ammo Thor bularni biladi va uni Korg va gladiatorlar uni tezda topadigan joyda qoldiradi. Thor, Banner va 142 qurol-yarogʻ olib Asgardga qochishadi. Hela va uning kuchlari Heimdallga va qolgan Asgardliklarga Bifröstni ochib berishni boshqaradigan qilichni qidirmoqdalar. Banner Hulkga aylanadi, Fenrisni magʻlub qiladi, Thor va 142 Hela va uning jangchilariga qarshi jang olib boradi. Loki va gladiatorlar fuqarolarni qutqarish uchun kelmoqda. Scuchrugge oʻz xalqi omon qolib qochishi uchun oʻzini qurbon qiladi. Helaga bilan jangda Thor, oʻng koʻzidan ayriladi va keyinchalik unga Ragnarokni toʻxtata olishiga yordam beradigan Odinning vahiyiga ega boʻladi. U Surtur tojini olish va uni mangu olovda yondirish uchun Lokini yuboradi. Surtur qayta tugʻiladi va Asgardni yoʻq qiladi, koʻrinib turibdiki, Helani oʻldiradi.

Grandmasterning kosmik kemasida, endi qirol Thor, oʻz xalqini Yerga olib borishga qaror qildi. Oʻrta-kreditlar sahnasida, ular katta kosmik kema tomonidan ushlab qolinadi.[N 2] Titrdan keyingi sahnada, Grandmaster oʻzining eski dushmanlariga duch keladi.

Kevin Feige, Taika Waititi va „Thor: Ragnarok“ kartinasi aktyorlar tarkibi „San Diego Comic-Con“ festivalida (2017).
Qasoskor va Asgard valiahd shahzodasi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Cheksizlik toshlarini topish payiga tushgan „yolgʻiz ganfayter“ga aylangan[5][7]. Bungacha Thor rolini toʻrt marta oʻynagan Hemsworth personajdan „biroz zerikib qolgandi“, shu sababdan ham tavakkal qilishni istab qoldi: oldingi filmlar bilan solishtirilganda, mazkur filmda Thorning sochi ancha kalta, kiyimi butunlay oʻzgargan, bolgʻasi yoʻq qilingan[8], bir koʻzidan esa ayrilgan. Rejissyor Taika Waititining soʻzlariga koʻra, bosh qahramonning boshiga shu kabi „balolarni solish“ unga film oxirida qochqinga aylanish imkoniyatini bergan[9]. Bundan tashqari, Waititiga „Vacation“ (2015), „Ghostbusters“ (2016) kabi filmlarda Hemsworth ijro etgan komik rollar juda manzur kelgan va filmda uning komik mahoratidan foydalanishni xohlagan[10][11].
Thorning oʻgay ukasi va dushmani (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan)[12][13]. Hiddlestonga kartinada Lokining attityudi qanday oʻzgargani qiziq boʻlgan. Personaj uchun ziyonkor boʻlishning yangi usullarini oʻylab topish [jarayoni] esa uni doim ajiblantirgan. Hiddlestonning aytishicha, Loki doim trikster boʻlib qoladi[14]. Yana qoʻshimcha qilishicha, „Thor: The Dark World“ (2013) filmi oxiridan beri Asgard hukmdoriga aylangan Loki butun kuchini saltanatni yaxshi boshqarishga emas, balki oʻzini oʻzi ulugʻlashga sarflagan[15]. Bundan tashqari, Hiddleston Thorning Lokiga nisbatan befarq boʻlishi mumkinligi haqidagi fikr personajni tashvishga soladigan boʻlib qolgani qiziqarli voqealar rivoji ekanligini taʼkidlagan[16].
Thorning opasi va ajal xudosi (personaj skandinav mifologiyasidagi Helga asoslangan)[13][17][18]. Odinning vafotidan keyin bexosdan qamoqdan xalos qilingan[19]. Ssenariychi Eric Pearson Hela Thorning opasi boʻlishi gʻoyasini dastlabki qoralamalarining biriga kiritgan[20]. Hela va Thorni opa-uka qilish qarori ikkalasining oʻrtasidagi yakuniy toʻqnashuvga koʻproq emotsional salmoq berish istagidan kelib chiqqan. Blanchett Helani ijro etishda angliyalik qoʻshiqchi Siouxsie Sioux hamda 1970–80-yillar „pank-rok ikonografiyasi“dan ilhomlangan. Blanchettning aytishicha, personajni mokap-kostyum kiygan holda gavdalantirish unga qiyinchilik tugʻdirgan[21]. Helaning tashqi qiyofasi dizayni Jason Aaron yaratgan „Thor: God of Thunder“ komiksidan olingan. Helaning „tanasidan cheksiz miqdorda qurol ota olish“ qobiliyati ayni komiksdagi Gorr personaji qobiliyatidan ilhomlangan[22]. Blanchett kaskadyor Zoë Bell va Hemsworthning shaxsiy murabbiyi Luke Zocchi bilan yaqindan ishlagan. Shuningdek, roli uchun kapoeyra boʻyicha tahsil ham olgan[8][19].
Hamma narsani koʻruvchi va eshituvchi asgardlik, Bifröst koʻprigi sobiq posponi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan)[13][23][24]. Lokining hukmronligi davrida quvgʻinda yashashga qaror qilgan. Hela Asgardga bostirib kirganidan soʻng, Heimdall himoyasiz aholini Hela qoʻshinidan yashirishga yordamlashadi[24].
Olam oqsoqollaridan biri[15][25]. Sakaar sayyorasini idora etadi[10][13][26]. Goldblum qahramonini „gedonist“ deb tasvirlagan. Yana qoʻshimcha qilishicha, Waititi Goldblum qahramonni „oʻziniki qilib olishi“ uchun improvizatsiyani quvvatlagan[27]. Waititining soʻzlariga koʻra, filmda Grandmasterning teri rangi komikslardagi kabi koʻk emas, sababi Goldblum „Earth Girls Are Easy“ (1988) kartinasida allaqachon koʻk tusli qahramonni jonlantirgan. Bundan tashqari, Waititi Goldblumning yuzini berkitish orqali uning shaxsiyati ekranda kamaytirib koʻrsatilishini xohlamagan[28]. Grandmaster Kolleksionerning („Guardians of the Galaxy“ (2014) filmida Benicio del Toro tomonidan gavdalantirilgan) ukasidir. Prodyuser Kevin Feige kelajakdagi loyihalarda ushbu ikki personajni birga koʻrishga qiziqish bildirgan[29].
Asgardlik qoʻrs, piyonista qulfurush (personaj german mifologiyasidagi Brynhildrga asoslangan)[10][30][31][13][32]. Qachonlardir afsonaviy Valkiriyalarning biri boʻlgan. Hozir esa Grandmaster uchun ishlaydi[24]. Alamini ichkilikdan oladi. Thompsonning soʻzlashicha, personajning komikslarda turli versiyalari mavjudligi film versiyasini yaratishda „koʻp erkinlik“ bergan[22]. Waititi zerikarli, goʻzal ayol obrazini yaratmaslikni xohlagan[33]. Feigening aytishicha, Marvel Thor uchun Jane Fosterga qaraganda [qudrat, maqom jihatdan] koʻproq mos boʻlgan mahbuba yaratishni istagan[34]. Craig Kyle va Christopher Yost yozgan ssenariyning dastlabki qoralamasi Thor va Valkyrie orasida ishqiy munosabat alangalatuvchi koʻplab unsurlarni oʻz ichiga olgan. Ammo Pearson kinokartina ustida ishlashni boshlaganda, personajlar oʻrtasidagi „oʻzaro hurmat“ga hamda Valkyriening PTSB bilan kurashishiga koʻproq eʼtibor qaratgan[20]. Thompsonning aytishicha, Valkiriya biseksualdir. Hatto Waititi Valkiriyaning yotoqxonasidan bir ayolning chiqib ketayotganini aks ettiruvchi sahnani suratga olgan, ammo mazkur sahna tomoshabin eʼtiborini asosiy syujetdan chalgʻitgani tufayli filmdan keyinchalik olib tashlangan[35]. Thompson rolni ijro etishga tayyorgarlik koʻrayotgan mahal Linda Hamilton gavdalantirgan Sarah Conno obrazidan („Terminator 2: Judgment Day“, 1991) ilhomlangan[33].
Asgardlik jangchi[13][26]. Heimdall yoʻqligida Bifröst koʻprigini qoʻriqlaydi. Keyinchalik jonini saqlab qolish uchun Helaga qoʻshiladi[21][23]. Urban filmdagi roli uchun sochini kalga oldirgan. Shuningdek, qahramoni doim kostyum kiyib yurishiga qaramay, oʻzini rolga toʻliq baxshida etish maqsadida jismoniy mashqlar bilan ham shugʻullangan[36]. Urbanning soʻzlashicha, Skurge „shayton bilan kelishuv tuzadi“ va Helaning „yugurdagiga“ aylanadi. Yana qoʻshimcha qilishicha, Skurge qabih ishlarni qiladi, ammo bu uning vijdonini qiynaydi[23].
Qasoskor, daho olim. Achchigʻi chiqqanda yoki hayajonlanganda maxluqqa aylanadi. Personaj „Avengers: Age of Ultron“ (2015) filmi voqealaridan keyin Sakaar sayyorasiga borib qolib, u yerda muvaffaqiyatli, taniqli gladiatorga aylangan[10][37]. Soʻz boyligini ham ancha oshirgan (avvalgi filmlar bilan solishtirilganda)[15]. Hulkning qanday gapirishi, uning soʻz boyligi va boshqalar Waititi va Marvel oʻrtasida keng muhokama qilingan[38]. Mazkur film personaj uchun „Avengers: Infinity War“ (2018), „Avengers: Endgame“ (2019) filmlarida davom etuvchi yangi bosqichni boshlab bergan[39]. Ruffaloning aytishicha, Hulk „Qasoskorlar“ filmlarida „yashil gʻazab mashinasi“ sifatida tasvirlangan boʻlsa, mazkur filmda uning ichki dunyosi yorqin ochib berilgan[10][40].
Asgard qiroli, Thor, Hela va Lokining otasi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan)[13]. Yerda quvgʻinlikda yashagan. Kartina ssenariysining dastlabki qoralamalarida Odin Nyu-York koʻchalarida yashovchi „telbanamo“ xobo sifatida tasvirlangan. Ammo Waititi uning film voqealari davomida vafot etishini hisobga olib, personajni ekranda kulgili qilib tasvirlamaslikka qaror qilgan. Odinning vafot joyi ham keyinchalik uning oʻtmishiga „hurmat-izzat keltirish“ maqsadida Norvegiyaga oʻzgartirilgan[41]. Waititi Hopkinsga rolning avvalgi talqinlarini batamom „buzib“, uni qaytadan yaratishi kerakligini aytganidan keyin uning improvizatsiya qobiliyatini koʻrib hayratda qolgan[40].
Mark Ruffalo va Chris Hemsworth „Thor: Ragnarok“ filmining Sidney shahridagi premyerasida.

„Thor: Ragnarok“ jahon premyerasi 2017-yilning 10-oktyabrida El-Kapitan teatrida boʻlib oʻtgan[42][43]. Avstraliya premyerasi esa shu yilning 13-oktyabrida boʻlib oʻtgan[44]. Buyuk Britaniya kinoteatrlarida 24-oktyabrdan[45][46], Avstraliya kinoteatrlarida esa 26-oktyabrdan namoyish etila boshlagan[47][48]. 3-noyabrda[49] AQSh va Kanadadagi 4080 ta kinoteatrda koʻrsatilgan (3400 tasida 3D, 381 tasida IMAX va IMAX 3D, 204 tasida esa D-Box formatlarida koʻrsatilgan[50]). Film avval boshda 2017-yilning 28-iyulida ekranlarga chiqarilishi reja qilingan[5]. „Thor: Ragnarok“ Marvel kinoolamining uchinchi fazasiga kiradi[51].

NomiDavomiyligi
1.„Ragnarok Suite“8:53
2.„Running Short on Options“2:46
3.„Thor: Ragnarok“1:09
4.„Weird Things Happen“1:46
5.„Twilight of the Gods“6:14
6.„Hela vs. Asgard“4:30
7.„Where am I?“1:39
8.„Grandmaster's Chambers“1:18
9.„The Vault“3:47
10.„No One Escapes“3:01
11.„Arena Fight“3:32
12.„Where's the Sword?“4:33
13.„Go“1:43
14.„What Heroes Do“1:37
15.„Flashback“2:59
16.„Parade“2:20
17.„The Revolution Has Begun“1:47
18.„Sakaar Chase“2:12
19.„Devil's Anus“4:52
20.„Asgard Is a People“4:20
21.„Where To?“ (Patrick Doylening „Thor“ filmidagi temasini oʻz ichiga oladi)2:22
22.„Planet Sakaar“2:14
23.„Grandmaster Jam Session“3:16
Jami davomiyligi:72:52

„Thor: Ragnarok“ning davomi — „Thor: Love and Thunder“ 2022-yilning 8-iyulida ekranlarga chiqarilgan[52]. Filmda bosh rollarni Hemsworth, Christian Bale, Thompson[53], Elba[54], Natalie Portman[53], Jaimie Alexander[55], Waititi, Russell Crowe, Kat Dennings, Stellan Skarsgård ijro etgan[54]. Lentada, shuningdek, Chris Pratt, Pom Klementieff, Dave Bautista, Karen Gillan, Vin Diesel, Bradley Cooper, Sean Gunn ham kichik rollari bilan ishtirok etishgan[56]. Bale kartinada salbiy qahramon — xudolar kushandasi Gorrni jonlantirgan[57].

  1. 2015-yilda ishlangan Qasoskorlar: Ultron erasi filmi.[5]
  2. Prodyuser Kevin Feigening soʻzlashicha, mazkur fazo kemasi Thanosga tegishli „Sanctuary II“ boʻlgan[6].
  1. „Thor Ragnarok (2017)“. British Board of Film Classification. 14-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktyabr 2017-yil.
  2. 2,0 2,1 „Thor: Ragnarok (2017)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
  3. „Avstraliyada "Tor" filmining yangi qismi suratga olish ishlari boshlandi“. Kun.uz (2016-yil 5-iyul). Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  4. „Xalk-gladiator! “Tor: Ragnaryok” filmi tizeri chiqdi“. Daryo.uz (2017-yil 10-aprel). Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 Strom, Marc „Thor Brings Ragnarok to the Marvel Cinematic Universe in 2017“. Marvel.com (28-oktyabr 2014-yil). 28-oktyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-oktyabr 2014-yil.
  6. Owen, Phil; Gonzalez, Umberto „'Thor: Ragnarok': Marvel Boss Kevin Feige Explains That Mid-Credits Scene“. TheWrap (2-noyabr 2017-yil). 6-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2017-yil.
  7. Cook, Tommy „Here's How 'Thor: Ragnarok' Ties into the Larger MCU“. Collider (7-sentabr 2017-yil). 7-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  8. 8,0 8,1 Law, James „Chris Hemsworth on working with Cate Blanchett and off-set 'shenanigans' on Thor: Ragnarok“. News.com.au (24-iyul 2017-yil). 24-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2017-yil.
  9. Stack, Tim „Chris Hemsworth says Thor will still be [Spoiler in Avengers: Infinity War“]. Entertainment Weekly (4-noyabr 2017-yil). 4-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2017-yil.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Stack, Tim „Thor: Ragnarok: Why does Thor have short hair? Where's his hammer? The plot revealed!“. Entertainment Weekly (9-mart 2017-yil). 9-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2017-yil.
  11. Cook, Tommy „'Thor: Ragnarok': Why (and How) the Sequel Pivots Away from the Previous 'Thor' Movies“. Collider (7-sentabr 2017-yil). 7-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  12. Breznican, Anthony „Marvel Studios reveals Phase Three slate, including two-part 'Avengers' threequel“. Entertainment Weekly (28-oktyabr 2014-yil). 28-oktyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-oktyabr 2014-yil.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 Strom, Marc „Marvel Studios Confirms Stellar New Cast Members of the Highly Anticipated 'Thor: Ragnarok'“. Marvel.com (20-may 2016-yil). 20-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2016-yil.
  14. Mueller, Matthew „Tom Hiddleston Teases Loki and the Hulk in Thor 3: Ragnarok“. Comicbook.com (4-iyun 2016-yil). 5-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2016-yil.
  15. 15,0 15,1 15,2 Breznican, Anthony „Hulk speaks in awesome new trailer for Thor: Ragnarok“. Entertainment Weekly (22-iyul 2017-yil). 23-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2017-yil.
  16. Vevjoda, Jim „Thor: Ragnarok: Odin Knew of Cosmic Threats That Thor and Loki Didn't“. IGN (8-sentabr 2017-yil). 9-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2017-yil.
  17. Kit, Borys „Cate Blanchett Joining 'Thor 3'“. The Hollywood Reporter (10-dekabr 2015-yil). 11-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2015-yil.
  18. Shepherd, Jack „Thor: Ragnarok spoilers given away by TV host, Chris Hemsworth unimpressed“. The Independent (18-oktyabr 2017-yil). 6-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktyabr 2017-yil.
  19. 19,0 19,1 Stack, Tim „This Week's Cover: Thor gets a makeover in Ragnarok first look“. Entertainment Weekly (8-mart 2017-yil). 8-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2017-yil.
  20. 20,0 20,1 Polowy, Kevin „The big reveal, the nixed romance, and the noodle worm: What was cut from (and added to) 'Thor: Ragnarok'“. Yahoo! (10-noyabr 2017-yil). 18-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2017-yil.
  21. 21,0 21,1 Woerner, Meredith „'Thor: Ragnarok' cast introduces the newest members of the Marvel Cinematic Universe“. Los Angeles Times (1-sentabr 2017-yil). 1-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2017-yil.
  22. 22,0 22,1 Cook, Tommy „How 'Thor: Ragnarok' Honors & Deviates from Its Comics Foundation“. Collider (7-sentabr 2017-yil). 7-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  23. 23,0 23,1 23,2 Busch, Jenna „Comic-Con: Tessa Thompson, Karl Urban and Taiki Waititi on Thor“. ComingSoon.net (23-iyul 2017-yil). 23-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2017-yil.
  24. 24,0 24,1 24,2 „Thor: Ragnarok Press Kit“. Walt Disney Studios Motion Pictures. 9-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktyabr 2017-yil. (WebCite saytida 9-oktyabr 2017-yil sanasida arxivlangan)
  25. Burton, Bonnie „Comic-Con 2017: 'Black Panther,' 'Infinity War' blew us away at the Marvel panel“. CNET (22-iyul 2017-yil). 23-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2017-yil.
  26. 26,0 26,1 Kit, Borys „Jeff Goldblum, Karl Urban Join Marvel's 'Thor: Ragnarok'“. The Hollywood Reporter (20-may 2016-yil). 20-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2016-yil.
  27. De Semlyen, Phil „Jeff Goldblum talks Thor: Ragnarok's Grandmaster“. Empire (6-iyun 2016-yil). 6-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2016-yil.
  28. Vejvoda, Jim „Why Jeff Goldblum Doesn't Resemble Marvel Comics' Grandmaster in Thor: Ragnarok“. IGN (19-aprel 2017-yil). 20-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-aprel 2017-yil.
  29. Davis, Eric „Jeff Goldblum's Grandmaster and Benecio del Toro's Collector Will Likely Appear in a Marvel Movie Together“. Fandango (30-oktyabr 2017-yil). 30-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2017-yil.
  30. Lipsitz, Jordana „Who Is Valkyrie? Tessa Thompson's Character In 'Thor: Ragnarok' Is Perfect For Her“. Bustle (20-may 2016-yil). 16-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  31. Anderton, Ethan „'Thor Ragnarok' Set Visit: Everything We Learned About the Cosmic Sequel – Page 2“. /Film (7-sentabr 2017-yil). 7-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  32. Busch, Anita „Tessa Thompson Joins The Marvel Universe In 'Thor: Ragnarok'“. Deadline Hollywood (11-aprel 2016-yil). 11-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2016-yil.
  33. 33,0 33,1 Stack, Tim „Thor: Ragnarok actress Tessa Thompson talks redefining Valkyrie“. Entertainment Weekly (10-mart 2017-yil). 10-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2017-yil.
  34. Stack, Tim „Where is Natalie Portman's Jane Foster in Thor: Ragnarok?“. Entertainment Weekly (14-mart 2017-yil). 14-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-mart 2017-yil. (WebCite saytida 14-mart 2017-yil sanasida arxivlangan)
  35. Nicholson, Amy „How Tessa Thompson Went From Indie Actor to 'Thor: Ragnarok' Badass“. Rolling Stone (31-oktyabr 2017-yil). 24-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2018-yil.
  36. Collura, Scott „Karl Urban Talks Prepping for Thor: Ragnarok“. IGN (15-iyul 2016-yil). 15-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
  37. Kroll, Justin „Mark Ruffalo to Appear as Hulk in 'Thor: Ragnarok'“. Variety (15-oktyabr 2015-yil). 16-oktyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktyabr 2015-yil.
  38. Cornet, Roth „Marvel still undecided about just HOW verbal Hulk will be in Thor: Ragnarok“. Hitfix (31-yanvar 2016-yil). 1-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2016-yil.
  39. Eisenberg, Eric „Apparently Mark Ruffalo And Kevin Feige Have Planned A Special Trilogy for the Hulk“. Cinema Blend (10-oktyabr 2017-yil). 11-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktyabr 2017-yil.
  40. 40,0 40,1 Cook, Tommy „Taika Waititi on 'Thor: Ragnarok', How the Story Changed When He Signed On, and More“. Collider (11-sentabr 2017-yil). 12-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2017-yil.
  41. Butler, Tom „Thor: Ragnarok director explains why they reshot Hela's entrance (exclusive)“. Yahoo! Movies (27-oktyabr 2017-yil). 31-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2017-yil.
  42. „Coming up from the USA Today Network: College football rankings, 'Thor: Ragnarok' premiere and more“. USA Today (9-oktyabr 2017-yil). 9-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktyabr 2017-yil.
  43. Parker, Ryan; Couch, Aaron „Mark Ruffalo Accidentally Streams a Portion of 'Thor: Ragnarok' by Instagram Mistake“. The Hollywood Reporter (10-oktyabr 2017-yil). 11-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktyabr 2017-yil.
  44. Simonot, Suzanne „Chris Hemsworth to walk red carpet on Gold Coast for Thor: Ragnarok Australian premiere“. Gold Coast Bulletin (26-sentabr 2017-yil). 25-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2019-yil.
  45. Butler, Tom „Thor: Ragnarok release date brought forward in the UK“. Yahoo! UK (29-avgust 2017-yil). 29-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2017-yil.
  46. D'Alessandro, Anthony „'Thor: Ragnarok' Trailer Stomps Into Hall H With Battling Superheroes – Comic-Con“. Deadline Hollywood (22-iyul 2017-yil). 23-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2017-yil.
  47. „Thor: Ragnarok – watch the first trailer for the Marvel superhero sequel“. The Guardian (10-aprel 2017-yil). 11-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2017-yil.
  48. D'Alessandro, Anthony „'Thor: Ragnarok's Strong Sunday Bulks Marvel Pic To 5922.7M Opening – Monday Final“. Deadline Hollywood (6-noyabr 2017-yil). 3-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2017-yil.
  49. Strom, Marc „Marvel Studios Schedules New Release Dates for 4 Films“. Marvel.com (10-fevral 2015-yil). 10-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2015-yil.
  50. D'Alessandro, Anthony „'Thor: Ragnarok' To Hulk Smash Its Way To $400M Worldwide By Sunday – Preview“. Deadline Hollywood (31-oktyabr 2017-yil). 6-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2017-yil.
  51. McEwan, Cameron K.; Longridge, Chris „Marvel's 'Phases' explained: What goes when & why“. Digital Spy (2019-yil 7-avgust). 2019-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
  52. Rubin, Rebecca „Disney Delays 'Doctor Strange,' 'Thor 4,' 'Black Panther' Sequel and 'Indiana Jones 5'“. Variety (2021-yil 18-oktyabr). 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  53. 53,0 53,1 Kit, Borys „Taika Waititi to Direct 'Thor 4' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2019-yil 16-iyul). 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  54. 54,0 54,1 Taylor, Robert Brian „'Thor: Love and Thunder': All the Easter Eggs You Might Have Missed“. Collider (2022-yil 8-iyul). 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  55. Kroll, Justin „Sif Returns To The MCU: Jaimie Alexander To Reprise Role In 'Thor: Love And Thunder'“. Deadline Hollywood (2020-yil 11-dekabr). 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
  56. Reimer, Amanda „Every Single Cameo in 'Thor: Love and Thunder'“. Collider (2022-yil 8-iyul). 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  57. Sneider, Jeff „Here's the Marvel Villain Christian Bale Is Playing in 'Thor: Love and Thunder'“. Collider (2020-yil 10-dekabr). 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Thor: Ragnarok haqida sahifa mavjud.