Kontent qismiga oʻtish

The Calling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Calling
Fayl:25204.jpg
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Los Anjeles, Kaliforniya
Mamlakat AQSH
Faoliyat yillari 20012005
Janr post grunge, alternativ rok
Leybl SonyBMG/RCA records
Tarkib Alex Band
Aaron Kamin
Sobiq aʼzolar Nate Wood
Sean Woolstenhulme
Billy Mohler
Vebsayt www.thecallingband.com

The Calling - Los Anjeles, Kaliforniyada tashkil topgan rock guruh. Guruhning asoschilari Alex Band (vokal) va Aaron Kamin (gitara).

Guruh tuzganlaridan keyin Band va Kamin RCA kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydilar. Guruh ijod jihatidan rivojlanganida Sean Woolstenhulme (3 mart 1981-yilda t., Gilbert, Arizona) (gitara), Billy Mohler (bas) va Nate Wood (3 oktabr 1979-yilda t., Laguna Beach, California) (barabanlar) qoʻshiladilar va The Calling'ning birinchi albomini yozadilar. 2001-yil iyulda chiqqan Camino Palmero albomi hitga aylanadi, shu albomdan boʻlgan "Wherever You Will Go" singli birinchi marta Smallville televizion seriali birinchi mavsumining ikkinchi epizodi - Metamorphosis ohirida taqdim etiladi.[1][sayt ishlamaydi] Band va Kamin (Wood, Woolstenhulme va Mohler'larsiz) 2004-yilning iyunida "Two" albomi bilan qaytishadi. 2005-yilning iyunida esa guruh tarqalib ketadi. Band jurnalistlarga oʻzi yakkahon ijod qilmoqchi ekanligini aytadi.

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turdagi musiqachilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Chartdagi eng yuqori pogʻonasi Albom
AQSH Avstraliya Buyuk Britaniya Italiya
2002 "Wherever You Will Go" #5 #5 #3 #1 Camino Palmero
2002 "Adrienne" - - #18 #15 Camino Palmero
2002 "Could It Be Any Harder" - - - #22 Camino Palmero
2003 "For You" - - - #19 Daredevil filmiga saundtrek
2004 "Our Lives" - - #13 #30 Two
2004 "Things Will Go My Way" - - #34 - Two
2004 "Anything" - - - - Two
  • "Wherever You Will Go" UPN tomonidan 2001-yilda Star Trek: Enterprisening reklamalarida ishlatilgan; koʻrsatuv premeyerasida bu trek kirish musiqasi edi.
  • 2001-yilda, The Calling Live in the X Lounge IV hayriya albomi uchun "Wherever You Will Go" qoʻshiqligini jonli versiyasini ijro etadilar.
  • "Wherever You Will Go" Love Actually filmining saundtrekida ishlatilgan.
  • Mashhur sketch komediyaviy TV koʻrsatuv Mad TV "Wherever You Will Go" videosini parodiya qilib The Calling, Creed, Pearl Jam va Ray Charles naqadar oʻxshashligini koʻrsatadi.
  • Guruh "Wherever You Will Go" qoʻshigʻini Coyote Ugly filmida Violet xoʻjayinini qidirib klubga kelgan paytida va Kevinni birinchi marta koʻrganida ijro etishadi.
  • "For You" qoʻshigʻi DareDevil filmimning saunndtrekidir.
  • The Calling Baffi - vampirlar istilochisi filmining bir lavhasida koʻrinishgan.