Tetuan
Qiyofa
Tetuan — Marokashning shim. qismidagi shahar. Martil daryosi boʻyida. Tetuan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 364 ming kishi (1990-yildar oʻrtalari). Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda gilam, ipak matolar toʻqiladi, koʻnteri va metall buyumlar tayyorlanadi. Marokash sanʼati va arxeologiya muzeylari bor. Shaharga 9-asrda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan shahar devori, qalʼakasaba (14—18-asrlar), Katta masjid, saroy (17-asr) saqlangan. 1912—56 yillarda Ispaniyaning Shimoliy Marokash zonasining maʼmuriy markazi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |