Tassos Papadopoulos
Qiyofa
Tassos Papadopoulos | |
---|---|
Tavalludi | 1-iyul 1934-yil |
Vafoti |
12-dekabr 2008-yil (74 yoshda) |
Fuqaroligi | Qibris[1] |
Papadopulos Tassos (1934.7.1, Nikosiya - 2008.12.12.) — Kipr davlat arbobi. Londonda yurisprudensiyani oʻrgangan. 1972—76 yillarda jamoalararo muzokaralarda grek-kipr tomoni vakilining maslahatchisi, 1976—78 yillarda vakili. 1976 yil aprel — mayda Kipr parlamenti raisi. Keyinchalik 12 yil davomida navbatma-navbat Kipr ichki ishlar, moliya, mehnat va ijtimoiy taʼminot, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va tabiat resurslari vaziri. 1970, 1976, 1991, 1996 yillarda Kipr parlamenti deputatligiga saylangan. 2000 yildan Kipr Demokratik parti-yasi boshligʻi, 2003 yil 28 fevraldan Kipr Respublikasi prezidenti[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title) — House of Representatives. — С. 22.
- ↑ OʻzME