Tarmoq trafigi
Tarmoq trafigi yoki Internet trafigi (inglizcha: traffic ― „harakat“, „yuk aylanmasi“), ― maʼlum vaqt davomida kompyuter tarmogʻi orqali uzatiladigan maʼlumotlar hajmi. Trafik miqdori paketlar, bitlar, baytlar va ulardan hosil boʻlgan kilobayt (KB), megabayt (MB) va boshqalar bilan oʻlchanadi.
Trafik quyidagilarga boʻlinadi:
- Chiquvchi (tashqi tarmoqqa kiruvchi maʼlumotlar);
- Kiruvchi (tashqi tarmoqdan keladigan maʼlumotlar);
- Ichki (maʼlum bir tarmoq ichida, koʻpincha mahalliy);
- Tashqi (maʼlum bir tarmoqdan tashqari, koʻpincha — internet -trafik).
Tarmoq trafigini hisoblaydigan dasturlar: TMeter, BWMeter, NetWorx, DU Meter, NetTraffic, NetBalancer.
Internet-trafik manbalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Britaniyaning SimilarWeb kompaniyasi (2015-yil, aprel) tahlilchilarining hisobotiga koʻra, dunyodagi internet-trafikning eng katta hajmi brauzerdan saytlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish (43,4%) hisobiga taʼminlanadi. Ulardan keyingi 27,8% ulush qidiruv tizimlari, boshqa resurslardan keladigan havolalar ulushi qoʻshimcha 21,13% ga teng boʻladi. Ijtimoiy tarmoqlarning ulushi nisbatan kichikroq boʻlib, bu 5,8% ni tashkil qiladi, elektron pochta va turli reklamalardan kelgan kliklar ulushi esa 1 % dan sal koʻproqqa teng keladi [1].
Mamlakatlar boʻyicha tarmoq trafigi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turli mamlakatlar aholisining Internet-trafik hosil qilishdagi ulushi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. 2015-yilning aprel oyida SimilarWeb ekspertlari tomonidan eʼlon qilingan reytingga koʻra, AQSH (25,05 %), Buyuk Britaniya (5,51 %) va Rossiya Federatsiyasi (5,05 %) dunyodagi uchta eng yirik internet-trafik generatorlari hisoblanadi. Kuchli oʻntalikka Braziliya (4,4 %), Fransiya (3,9 %), Germaniya (3,5 %), Hindiston (3,4 %), Kanada (3,2 %), Yaponiya (2,6 %) va Turkiya [1] 2,5 %) kiradi[1]. Qayd etish joizki, bir qator global ommaviy internet-resurslardan foydalanishda cheklovlar boʻlgani tufayli XXRdagi internet-trafik koʻrsatkichlari hisobga olinmagan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Internet-trafik almashish nuqtasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Россия вошла в тройку стран, генерирующих наибольший объем интернет-трафика“. Ведомости (2015-yil 3-aprel). Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |