Tarixi olamaroyi Aminiy
Qiyofa
Tarixi olamaroyi Aminiy (forscha: عالم آرای امینی, tarjimasi: Aminiyning jahonga bezak boʻluvchi tarixi) – Fazlulloh ibn Roʻzbehxon Xunjiy tomonidan yozilgan Oq qoʻyunli konfederatsiyasi tarixi haqidagi forscha asar. Asar Oq qoʻyunlining sharqqa qarab kengayishi jarayonidan keyin yozilgan boʻlib, 1493-yilgacha yozib tugallangan[1][2].
Kitob Abulfath Mirzo Boysungʻurga bagʻishlangan. Zamonaviy davrda Vladimir Minorskiy tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Minorskiy muallifning betarafligini yuqori baholagan. Bu kitob Oq qoʻyunli sulolasi tarixi boʻyicha kam sonli asosiy manbalardan biri boʻlib, xususan, Sulton Yoqub, Sulton Xalil va Uzun Hasan davrlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Karamustafa, A. (2020). "Who were the Türkmen of Ottoman and Safavid lands? An overlooked early modern identity". Der Islam 97 (2): 485. doi:10.1515/islam-2020-0030.
- ↑ Lingwood, Chad G. „Jāmī's Qaṣīdas in Praise of Sulṭān Ya'qūb and Their Significance to Āq Qoyūnlū History“, . Jāmī in Regional Contexts: The Reception of ʿAbd al-Raḥmān Jāmī's Works in the Islamicate World, ca. 9th/15th-14th/20th Century. Brill, 2018 — 258-bet. ISBN 978-9004386600.