Kontent qismiga oʻtish

Taras Petrinenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taras Petrinenko
Tavalludi Taras Harynaldovych Petrynenko
10-mart 1953-yil (1953-03-10) (71 yosh)
Janrlar Pop musiqasi
Kasbi Vokalchi, musiqachi, aranjirovkachi
Faoliyat yillari 1969–h. v.
Fuqaroligi Ukraina va SSSR

Taras Petrinenko (ukraincha: Тара́с Гарина́льдович Петрине́нко, 1953-yil 10-martda tugʻilgan) – ukrainalik musiqachi, Ukraina xalq artisti.

Musiqiy faoliyati 1969-yilda Nikolay Lisenko nomidagi musiqa maktabi oʻquvchilaridan tashkil topgan Eney guruhida raqs maydonchasida chiqish qilgach boshlangan. 1970-yilda guruh televideniyeda debyut qilgan va deyarli ikki yil davomida Ukraina rok musiqasining soʻzsiz yetakchisi boʻlgan.

1971-yilda Taras yangi Dzvoni guruhini tashkil etgan, 1974-yilda ommaviy ravishda taqiqlangan Eney bilan birlashgan.

Armiyada xizmat qilgandan soʻng, Petrinenko mashhur Mriya guruhining rahbari boʻlgan, lekin ularga oʻz qoʻshiqlarini ijro etish taqiqlanganidan soʻng, Charivni gitari guruhi bilan Rossiyaga koʻchib oʻtgan. 1982-yildan Petrinenko ukrainalik musiqachilardan iborat Chervoni maki ansambli bilan Tula shahrida oʻzining birinchi rus tilidagi: „Sled pogasshey zvezdi“, „Perelyotnaya ptitsa“, „Odnajdi utrom“, „Ya skoro vernus“ kabi xitlarini yozgan lekin qisqa vaqtdan keyin Ukrainaga qaytib ketgan.

1991-yilda Petrinenko „Gospodi, pomiluy nas“ Audio Ukraina albomiga qoʻshiqlar yozishni boshlgan, ammo albom ikki yil oʻtib yakunlangan. Buning sababi Grono guruhining parchalanishi boʻlgan, chunki hamrohlik qiluvchi musiqachilar shunchaki chet el gastrollaridan qaytmaganlar. Ammo bu albomning sifatiga taʼsir qilmagan va 1993-yil natijalariga koʻra Ukrainada yetakchi boʻlgan.

1995-yilda Taras bir muncha vaqt markaziy televizion Koliskova dlya doroslix dasturini olib borgan. 1997-yil yozida „Tavria oʻyinlari – VI“ da Petrinenko „Tirik afsona“ nominatsiyasida musiqa va ommaviy shoularda „Zolota Jar-ptitsya“ boʻyicha Butunukraina mukofotiga sazovor boʻlgan.

Yil oxirida Nova Records kompaniyasi Petrinenko Lyubov moyaning uchinchi yakkaxon albomini chiqargan va nihoyat avvalgisini ham nashr etishni rejalashtira boshlagan. 1999-yilda milliy madaniyat va sanʼat rivojiga qoʻshgan shaxsiy hissasi va ulkan yutuqlari uchun Kiyevshina kontsert-ijodiy tashkilotlarining yakkaxon vokalisti Taras Petrinenko Ukraina xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan.

2003-yilda Atlantic brendi Taras Petrinenkoni rok musiqachilari guruhiga kiritgan va uning qoʻshiqlari toʻplamini Ukrainaning Rok afsonalari seriyasi sifatida chiqargan.

2004-yil kuzida Taras Apelsin inqilobida faol ishtirok etgan, bu yerda Kiyevdagi Mustaqillik maydonida oʻz qoʻshiqlarini ijro etgan. 2013-2014-yillarda Taras Petrinenko Qadr-qimmat inqilobida faol ishtirok etib, u yerda oʻz qoʻshiqlarini koʻp marotaba kuylab bergan.

Mashhur qoʻshiqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ukraincha[1]
Dorogi inshoí ne treba,
Poki zorit Chumatskiy Shlyax.
Ya ydu vid tebe i do tebe
Po zolotix tvoí̈x stejkax.
Ukraíno, Ukraíno!
zorya nashix nadiy
Vrne sertse tgogo sina
ya kladu tobi do nig.
  1. Song Ukraine YouTubeda (ukraincha)