Taqir to‘garakboshi
Taqir to‘garakboshi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sudralib yuruvchilar |
Oila: | Agamasimonlar |
Urugʻ: | Phrynocephalus |
Turlari: | Taqir to‘garakboshi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Phrynocephalus helioscopus Pallas, 1771 |
Taqir to‘garakboshi ( lotincha: Phrynocephalus helioscopus) — toshkaltakesaklar oilasiga mansub to‘garakboshi turkumiga kiruvchi kaltakesak turi.
Tashqi ko'rinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taqir to‘garakboshining umumiy uzunligi 7 sm.dan oshmaydi. Dumi tanasiga nisbatan qisqa, tananing uzunligiga yetmaydi. Urg‘ochilari erkaklariga nisabatan biroz yirikroq bo‘ladi. U o‘ziga xos tumshuqqa ega, uning tepa qismi deyarli vertikal ravishda labdan o‘tadi, shuning uchun yuqoridan qaralganda burun teshiklari ko‘rinmaydi. Tanasi kalta, yassilangan, ustki tomoni turli ko‘rinishdagi tangachalar bilan qoplangan. Orqa tangachalari yon tomondan bir oz kattaroq, ba’zan sust ifodalangan qovurg‘alari, alohida tangachalar yoki ular orqa, yon tomonlari va dumning tagida yuqoridan biroz kattalashgan va kalta tikanaklarga ega. Tanasining yon tomonlarida mayda bo‘rtmalar ustida 3-4 uzunlamasiga qator ketgan tangachalar bor. Bo‘yinning yuqori yuzasida terining kichik, odatda yaxshi ifodalangan ko‘ndalang burmasi mavjud. Orqa oyoqning to‘rtinchi barmoq pastidan 3-4 uzunlama qovurg‘alarga ega. Orqa oyoqlarning uchinchi va to‘rtinchi barmoqlarining yon tomonlarida tikansimon tangachalar chiqib turuvchi qirralaridan hosil bo‘lgan uzunlama tizmalar joylashgan. Quyruq tekislangan va keng (erkaklarida bir oz qopcha ko‘rinishida) oxirgi qismi ingichka bo‘ladi.
Tananing ustki qismi goyat turli xil ko‘rinishi va atrof-muhitning umumiy foniga bog‘liq. Bo‘z tuproqlarda taqir to‘gakboshi jigarrang yoki to‘q kulrang, qumli va ohak-qumli tuproqlarda esa och kulrang yoki kulrang bo‘ladi. Odatda orqa tomonning yon tomonlarida jigarrang, kulrang yoki jigarrang dog‘lar, notekis va xira chiziqlar bo‘lib, ularning orasidagi bo‘shliq kichik qora dog‘lar o‘rnini egallagan. Har bir juft dog‘ orasidagi tizma ustida yorug‘lik bo‘shliqlari qoladi, ular ba’zan doimiy yorug‘lik nuqtasiga birlashadi. Boshning orqasida bo‘yinning yon tomonlarida moviy yoki ko‘krang bilan chegaralangan xarakterli oval pushti dog‘lar mavjud. U moviydan tortib, pushti rang yoki ko‘k va qizg‘ish-olovranggacha (erkaklarida yorqin) bo‘lishi mumkin. Qorni oqish bo‘lib, bo‘yin va tomog‘ida marmar tus keyinchalik yo‘qolib ketishi mumkin. Quyrug‘i odatda xira, to‘q ko‘ndalang chiziqlarga ega, orqasining uchdan biri uch xil rangda uyg‘unlashgan – olovrang, moviy va alvon tusda. Erkaklarda dumining uchi qizil rangda bo‘ladi.
Hayot tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U juda siyrak o‘simlik qoplamiga ega bo‘lgan zich tuproqlarni yaxshi ko‘radi: toshloq va loyli yarim cho‘llarda, qumloqlarda, turli xil taqirlar va solonchaklarda, kamdan-kam pasttekislik va qattiq qumlarda uchraydi. Shuningdek, shuvoq hosil bo‘lishi, qumli akasiya, oq saksovul va boshqa butalar, bundan tashqari, qishloq yo‘llari, so‘qmoqlar, quruq kanallar bo‘yi, sho‘rhok tuproqlarda ko‘zga tashlanadi. Kunduzi juda faol. U butalar etagida joylashgan qo‘shoyoqlar, kemiruvchilar uyasiga yashirinadi. Qishki uyalari 20 sm chuqurlikkacha boradi. Mart oyidan oktyabr oyi oxirigacha faol hayot kechiradi.
Bu tuxum qo‘yuvchi kaltakesak sirasiga kiradi. Juftlashish maydan — iyul oyining oxirigacha amalga oshiriladi. Bu davrda erkaklar ko‘pincha(butalar yoki uncha katta bo‘lmagan toshlarga) balandlikka ko‘tariladi. Vaqti-vaqti bilan taqir to‘garakboshi dumini vertikal ravishda yuqoriga ko‘tarib, uni turli tekisliklarda silliq egib yuradi. Bu xulq-atvor taqir to‘garakboshning dumini jingalak yoki qisman jingalak holatda tezda ko‘tarish va tushirish odatidan farq qiladi. Urg‘ochilar aprel oyining oxirida - may oyining o‘rtalarida tuxum qo‘yishni boshlaydilar, iyun oyining oxirida birinchi va ikkinchi pallalarda tugatadilar. Juftlashgandan keyin 7-11 x 8,5-12,5 mm o‘lchamdagi 2 dan 8 tagacha tuxum qo‘yadi. 40 kundan keyin 4-4,2 sm o‘lchamdagi yosh toshkaltakesaklar paydo bo‘ladi. Mayda hasharotlar (asosan, chumolilar) va o‘rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Rossiya hududida (Astraxan va Volgograd viloyatlarining janubiy qismidan Oltoy o‘lkasining janubigacha), Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekistonda, Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida, Eronning shimoli-sharqida, Mo‘g‘ulistonning janubi-g‘arbiy qismida uchraydi [1], Tojikiston shimolida [2], Qirgʻizistonda [3] . Turkiyaning shimoli-g‘arbiy qismida, Kavkaz va Eronda tegishli tur — fors to‘garakboshi (Ph. persicus) yashaydi[4] .
Kichik turlari[5]
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Phrynocephalus helioscopus cameranoi Bedriaga, 1907
- Phrynocephalus helioscopus helioscopus Pallas, 1771
- Phrynocephalus helioscopus meridionalis Dunayev, Solovyeva & Poyarkov, 2012
- Phrynocephalus helioscopus saidalievi Sattorov, 1981
- Phrynocephalus helioscopus sergeevi Dunayev, Solovyeva & Poyarkov, 2012
- Phrynocephalus helioscopus turcomanus Dunayev, Solovyeva & Poyarkov, 2012
- Phrynocephalus helioscopus varius Eichwald, 1831
Soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960 — 1970-yillarda ko‘p bo‘lgan, hozirda juda kam uchraydi. Aprel oyining o‘rtasida 2 soatlik sayr davomida 8 tagacha uchratish mumkin bo‘lsa, kuzda 6 tagacha uchraydi.
Yashash joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tekislik va tog‘ etaklaridagi qattiq taqirsimon, shag‘alli, sho‘r tuproqli, o‘simligi kam cho‘llashgan yerlar; tubi loyqa qurib qolgan daryo o‘zanlari.
Muhovaza choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saqlanib qolgan barcha lokal populyasiyalarini aniqlash, muhofazasi va tutqunlikda ko‘paytirish choralarini tashkil qilish lozim[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Н.Б. Ананьева, Н.Л. Орлов, Р.Г. Халиков, И.С. Даревский, С.А. Рябов, А.В. Барабанов «Атлас пресмыкающихся Северной Евразии (таксономичское разнообразие, географическое распространение и природоохранный статус)» Зоологический институт Российской Академии наук, Санкт-Петербург, стр 59
- ↑ Саид-Алиев С.А. — Земноводные и пресмыкающиеся Таджикистана — Издательство «Дониш» (1979) — С. 53
- ↑ И.Д.Яковлева — Определитель пресмыкающихся Киргизии — Фрунзе 1961 — С.30—32
- ↑ {{{заглавие}}}. — Vol. 47. — P. 842–856. — ISSN 1608-3369&f=1003&t=1&v1=&f=4&t=2&v2=&f=21&t=3&v3=&f=1016&t=3&v4=&f=1016&t=3&v5=&bf=4&b=&d=0&ys=&ye=&lng=&ft=&mt=&dt=&vol=&pt=&iss=&ps=&pe=&tr=&tro=&cc=&i=1&v=tagged&s=0&ss=0&st=0&i18n=ru&rlf=&psz=20&bs=20&ce=hJfuypee8JzzufeGmImYYIpZKRJeeOeeWGJIZRrRRrdmtdeee88NJJJJpeeefTJ3peKJJ3UWWPtzzzzzzzzzzzzzzzzzbzzvzzpy5zzjzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzztzzzzzzzbzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzvzzzzzzyeyTjkDnyHzTuueKZePz9decyzzLzzzL*.c8.NzrGJJvufeeeeeJheeyzjeeeeJh*peeeeKJJJJJJJJJJmjHvOJJJJJJJJJfeeeieeeeSJJJJJSJJJ3TeIJJJJ3..E.UEAcyhxD.eeeeeuzzzLJJJJ5.e8JJJheeeeeeeeeeeeyeeK3JJJJJJJJ*s7defeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeSJJJJJJJJZIJJzzz1..6LJJJJJJtJJZ4....EK*&debug=false 1022-7954, 1608-3369. — DOI:10.1134/S1022795411070155.
- ↑ „Описание вида на BIolib“. Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr.
- ↑ САИД-АЛИЕВ ТАҚИР ТЎГАРАКБОШИ (Wayback Machine saytida 2022-08-05 sanasida arxivlangan) Redbook.uz