Tan Zhongyi
Tan Zhongyi | |||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mamlakat | Xitoy | ||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan joy | 1991-yil 29-may Chunsin, Xitoy | ||||||||||||||||||||||
Unvon | Grossmeyster (2017) | ||||||||||||||||||||||
Ayollar Oʻrtasidagi
jahon chimpioni |
2017— 2018 | ||||||||||||||||||||||
FIDE reyting | 2525 (2022) | ||||||||||||||||||||||
Peak reyting | 2530 (2018) | ||||||||||||||||||||||
Medallar
|
Tan Zhongyi (xitoycha: 谭中怡; 1991-yil 29-mayda tugʻilgan)[1] xitoylik shaxmat boʻyicha grossmeyster[2] va shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi sobiq jahon chempioni hisoblanadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tan Chunsin shahrida tugʻilgan. U 2000-yil va 2001-yillarda Oropesa del Mar shahrida oʻtkazilgan 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ikki marta gʻolib chiqdi.
2008-yil avgust-sentyabr oylarida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida u ikkinchi raundda Pia Cramling tomonidan ½-1½ hisobida nokautga uchradi.
2011-yilda u Shenjenda boʻlib oʻtgan 2011-yilgi yozgi Universiadada ayollar oʻrtasidagi shaxmat turnirida gʻolib chiqdi[3] va Xitoy terma jamoasining oltin medaliga hissa qoʻshdi[4]. Tan 2012-yilda Gimaras shahrida boʻlib oʻtgan ayollar shaxmat boʻyicha universitetlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi[5]. 2013-yilda u Usi shahrida bo‘lib o‘tgan, uchinchi China Women Masters turnirida 6,5/9 ball to‘plagan holda, ikkinchi o‘rinni egallagan (Valentina Gunina va Xuang Tsyandan 1,5 ball oldinda g‘olib chiqdi)[6]. 2014-yilda Tan Sharjada blits bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi[7].
2015-yil may oyida u Sinxua shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Xitoy chempionatida gʻolib chiqdi[8]. Keyingi oy Tan Xitoy ayollar ustalari turnirida 7/9 hisobida gʻolib chiqdi[9][10]. 2015-yil 1-dekabrda Tan Zhongyi Chjeszyanning Taychjou shahrida boʻlib oʻtgan, birinchi Xitoy shaxmat qirolichasi oʻyinida[11] finalda Ju Venjunni armageddon oʻyinida magʻlub etganidan soʻng gʻolib chiqdi[12][13].
U 2016-yili 42-shaxmat olimpiadasida ayollar o‘rtasida 4-raqamli oltin medalni qo‘lga kiritdi[14].
U Anna Muzychukga qarshi 2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionati finaliga chiqdi. Klassik oʻyinlarni 2:2 hisobida bittadan gʻalaba bilan yakunlab, oʻyinni tezkor tay-brekga yoʻlladi. Tan birinchi oʻyinda qora bilan durang oʻynab, ikkinchi oʻyinda oq bilan gʻalaba qozonib, ikki oʻyindan iborat tay-brekda gʻalaba qozondi.
U 2018-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati bahsida Ju Venjunga ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni unvonini boy berdi.
2020-yilda u Gibraltar Masters musobaqasida ayollar oʻrtasidagi bosh sovrinni qoʻlga kiritdi[15].
2021-yilda Tan Anna Muzychuk ustidan 2,5 — 1,5 hisobida gʻalaba qozonib, ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Jahon kubogida uchinchi oʻrinni egalladi[16].
Xitoy shaxmat ligasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tan Zhongyi Xitoy shaxmat ligasida (CCL) China Mobile Group Chunsin Company Ltd shaxmat klubida oʻynaydi[17].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ WGM title application FIDE
- ↑ „Titles approved at the 80th FIDE Congress“. 2019-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
- ↑ „WGM Tan Zhongyi wins the Women Universiade in Shenzhen“. Chessdom (2011-yil 21-avgust). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Li Chao and Tan Zhongyi winners in Shenzhen“. ChessVibes (2011-yil 23-avgust). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
- ↑ World University Chess Championship 2012 — Women Chess-Results
- ↑ „Tan Zhongyi Won 3rd Women Masters Tournament in China“. Natalia Pogonina's website (2013-yil 9-iyun). Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
- ↑ „Chinese players claim Asian Blitz Chess Championships“. Chessdom (2014-yil 20-aprel). Qaraldi: 2016-yil 18-yanvar.
- ↑ Ramirez. „Wei Yi youngest Chinese Champion“. ChessBase (2015-yil 30-may). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
- ↑ 5th China(Xishan)Chess Women Masters Tournament Chess-Results
- ↑ „Truong Son wins Asian Rapid Chess Championship 2015“. FIDE (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2016-yil 18-yanvar.
- ↑ The First China Chess Queen Match. Tournament details. FIDE.
- ↑ MGourty. „Wei Yi is King of China“. chess24 (2015-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
- ↑ Fischer. „Wei Yi wins brilliancy“. ChessBase (2015-yil 1-dekabr).
- ↑ „USA and China winners of 42nd Chess Olympiad“. europechess.org (2016-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
- ↑ „Paravyan & Tan Zhongyi win 2020 Gibraltar Masters“ (en). chess24.com. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
- ↑ „Tournament tree - FIDE World Cup 2021“. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
- ↑ „弈诚杯中国国际象棋甲级联赛官方网站“. 2011-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sohu Profile (Wayback Machine saytida 2012-03-01 sanasida arxivlangan)