Kontent qismiga oʻtish

Chunsin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chunsin, Yuychen, Basyan - Xitoyning jan.gʻarbiy qismidagi shahar, Szyalinszyan daryosining Yanszi daryosiga quyilish yerida. Sichuan provinsiyasida. Aholisi 3,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor, daryo porti. Mamlakatning yirik savdo va sanoat markazlaridan. Qora metallurgiya, sanoat jihozlari, priborsozlik, kimyo, rezina, neftni kayta ishlash, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, 2 issiklik elektr styasi, GES kaskadi bor. Shaharga 3 ming yil avval asos solingan. 1937—46 yillarda Xitoyning vaqtinchalik poytaxti boʻlgan. Ch. yaqinidan toshkoʻmir qazib olinadi.