Take Me Home
Take Me Home | ||||
---|---|---|---|---|
One Direction albomi | ||||
Chiqarilgan sanasi | 9-noyabr, 2012-yil | |||
Yozib olingan sanasi | 2012-yil May-Avgust | |||
Janr | ||||
Davomiyligi | 42:19 | |||
Leybl |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
One Direction xronologiyasi | ||||
|
Take Me Home – ingliz-irland guruhi One Directionning ikkinchi studiyo albomi boʻlib, 2012-yil 9-noyabr kuni Syco Music va Columbia Records bilan hamkorlikda chiqarilgan.
Take me Home musiqiy tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy taʼriflandi. Musiqalarning sifati uchun koʻplab ijobiy sharhlar olgan boʻlsa, uning tezkor tempi biroz tanqidlarga sababchi boʻldi.
Jahon miqyosida ushbu albom 35dan ortiq mamlakatlar chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. Xalqaro fonografik sanoat federatsiyasi (IFPI) maʼlumotlariga koʻra, Take Me Home 2012-yilning toʻrtinchi eng koʻp sotilgan albomi boʻlib, 4,4 milliondan ortiq nusxada sotilgan[1]. Albom AQSh Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni egallagandan soʻng dastlabki ikki albomi bunday natija koʻsatgan 2008-yildan beri ilk guruhga aylandi. One Direction 2012-yil 12 oy ichida ikkita birinchi raqamli albom chiqargan ikkinchi guruh va bir kalendar yili ichida bu natijani koʻsatgan US chartdagi birinchi guruhga aylanishgan. Ularning debyut albomi va Take Me Home mos ravishda 2012-yil sotuv koʻrsatkichi borasida AQShda uchinchi va beshinchi natijalarni qayd etgan.
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilda One Direction oʻzlarining debyut albomi Up All Night (2011) muvaffaqiyatli chiqqanidan soʻng ikkinchi albom ustida ishlashni boshlashadi. 2012-yil mart oyida Tom Fletcher albom uchun qoʻshiq yozayotganini aytadi[2][3]. 2012-yil fevral oyida esa guruh Ed Sheeran bilan ishlashga qiziqish bildirilyotgani maʼlum boʻladi[4]. 2012-yil iyun oyida Sheeran One Direction bilan hamkorlik qilishini rasman tasdiqladi[5].
Tijoriy natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Take Me Home jahon miqyosida 35 dan ortiq mamlakatlar chartida birinchi oʻrinni egalladi va 4,4 million nusxada sotilgan holda 2012-yilning toʻrtinchi eng koʻp sotilgan albomi boʻldi[6][7]. Buyuk Britaniyada albom dastlabki ikki kun ichidayoq 94,000 nusxadan ortiq sotilgan[8]. U birinchi haftada 155 ming nusxada sotilgani bilan eng tez sotilgan albomlar reytingida ikkinchi oʻrinni zabt etdi[9]. Albom va uning ikkinchi singli „Little Things“ 18-noyabr kuni Buyuk Britaniya chartlarida bir vaqtning oʻzida birinchi oʻrinni egalladi, bu esa One Directionni bu natijani qayd etgan tarixdagi eng yosh guruhga aylantirdi[10]. Albom 2012-yil oxiriga qadar 616 ming nusxa sotilgan holda Buyuk Britaniyada yil davomida eng koʻp sotilgan beshinchi albom boʻldi[11]. 2022-yilda British Phonographic Industry (BPI) tomonidan toʻrt karrali platina sertifikatni qoʻlga kiritgan va 1200 000ta nusxada sotilgan[12].
Irlandiyada Take Me Home 2012-yilning eng tez sotilgan albomi boʻldi[13], bundan tashqari ketma-ket olti hafta davomida Irish Albums Chartida yetakchilikni hech kimga bermadi. Keyinchalik Irish Record Music Association (IRMA) tomonidan uch karrali platina sertifikat beriladi[14]. Albom Italiyada chartlarda yuqori oʻrinda turish borasida ikkinchi va yil davomidagi sotuvlar koʻrsatkichida yettinchi oʻrinni egallaydi. Jami 60.000 nusxada sotilgan albom Italiya musiqa sanoati federatsiyasi (FIMI) tomonidan ikki karrali platina sertifikatni qoʻlga kiritadi. Gollandiyada album 17-noyabrda birinchi oʻringa koʻtariladi va chiqarilgan kunning oʻzida 25 ming nusxada sotilgan.
Shu yilning 25-noyabrida albom Avstraliyadagi chartda birinchi oʻringa chiqib oldi va bu natijani ikki hafta davomida saqlab qoladi. Australian Recording Industry Association (ARIA) tomonidan albom platina serifikatni oldi va jami 140 000 nusxada sotildi.
Treklist
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Nomi | Muallif(lar) | Producer(s) | Davomiyligi |
---|---|---|---|---|
1. | „Live While We're Young“ |
|
| 3:20 |
2. | „Kiss You“ |
|
| 3:03 |
3. | „Little Things“ |
| Jake Gosling | 3:39 |
4. | „C’mon, C’mon“ |
|
| 2:46 |
5. | „Last First Kiss“ |
|
| 3:24 |
6. | „Heart Attack“ |
|
| 2:57 |
7. | „Rock Me“ |
|
| 3:21 |
8. | „Change My Mind“ |
|
| 3:33 |
9. | „I Would“ |
| 3:22 | |
10. | „Over Again“ |
| Gosling | 3:03 |
11. | „Back for You“ |
|
| 3:00 |
12. | „They Donʼt Know About Us“ |
| 3:21 | |
13. | „Summer Love“ |
| Steve Robson | 3:29 |
Jami davomiyligi: | 42:12 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Global Music Report 2013“. International Federation of the Phonographic Industry. 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ Leah Collins. „One Direction: X Factor boy band on what sets them apart“. National Post (Postmedia Network Inc.) (2012-yil 12-mart). 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
- ↑ Lewis Corner. „McFly to write for new One Direction album“. Digital Spy. Hearst Magazines UK (2012-yil 7-iyun). Qaraldi: 2012-yil 27-iyun.
- ↑ „One Direction Want To Work With Ed Sheeran Again on New Album“. Capital. Global Radio (2012-yil 20-fevral). Qaraldi: 2012-yil 27-mart.
- ↑ „Ed Sheeran to produce One Direction tracks“. MTV News. Viacom (2012-yil 25-iyun). Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr.
- ↑ Tina Hart. „Imagem Music signs One Direction hit-writer Fiona Bevan“. Music Week. United Kingdom: Intent Media (2012-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 1-dekabr.
- ↑ „IFPI publishes Digital Music Report 2013“. United Kingdom: International Federation of the Phonographic Industry (IFPI) (2013-yil 26-fevral). Qaraldi: 2013-yil 26-fevral.
- ↑ Anthony Barnes. „Take Me Home: One Direction set to beat Mumford & Son's fastest-selling album record“. The Independent. The Independent Print Limited (2012-yil 14-noyabr). 2022-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
- ↑ Dan Lane. „One Direction score number 1 single and album!“. United Kingdom: Official Charts Company (2012-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 19-noyabr.
- ↑ Alan Jones. „Official Charts Analysis: One Direction youngest ever act to score no.1 album and single simultaneously“. Music Week. United Kingdom: Intent Media (2012-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 19-noyabr.
- ↑ Dan Lane. „The official top 40 biggest selling albums of 2012 revealed!“. Official Charts Company (2013-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ Alan Jones. „Official Charts Analysis: Adele back at No.1“. Music Week (2016-yil 19-fevral). Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
- ↑ „Five beautiful weeks“. Chart-track. GFK (2012-yil 23-noyabr). 2014-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-mart.
- ↑ „Another x factor xmas“. Chart-track. GFK (2012-yil 21-dekabr). 2014-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-mart.