Tabaqat
Tabaqot (طبقات) — islom biografik adabiyotining janri boʻlib, bu yoʻnalishdagi kitoblar ulugʻ shaxslarning (olimlar, shoirlar va boshqalarning) yashagan asriga koʻra tuzilgan boʻladi. Har bir asr yoki avlod tabaqa sifatida belgilanadi. Tabaqaning koʻpligi esa, tabaqotdir. Tabaqot kitoblari maʼlum ilm-fan anʼanalarining rivojlanish tarixini aks ettiradi va muayyan boshlangʻich nuqtadan bevosita muallifdan oldingi avlod (tabaqa)gacha boʻlgan oraliqdagi shaxslar biografiyasini qamrab oladi[1].
Rivojlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabaqot adabiyoti VIII asr oxiri yoki IX asr boshlarida vujudga kelgan[2]. Tabaqot janri hadis roviylarining holatini aniqlash, tasniflash va baholashga qaratilgan saʼy-harakatlar asosida paydo boʻlgani va ilk hadis tanqidchilari davrida mashhur boʻlgani ham keltiriladi[3]. Tabaqot kitoblari muhaddislarning hadis rivoyatlarini tasniflash va ayrim isnodlarning sifatini aniqlash harakatlariga yordam beradigan vosita sifatida yozilgan. Hadislarning manbasini koʻrsatuvchi tizim sifatida isnod har bir avloddan solih, halol va malakali roviylarni talab qilgan. Tabaqot janridagi biografik asarlar odatda oʻz subyektlarining shaxsiy, diniy va intellektual jihatlarini oʻrganish imkonini beradi[4].
Namunalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabaqot adabiyotining mashhur namunalari qatoriga Ibn Saʼdning „at-Tabaqot al-kubro“ (Sahobalar va ularning davomchilari haqida), Ibn Abu Ya’lo, keyin esa Ibn Rajab tomonidan yozilgan „Tabaqat al-hanobila“, Ahmad ibn Yahyo Murtazoning „Tabaqat ul-moʻtazila“ (moʻtazila mazhabi ilohiyotchilari haqida), Ogʻo Buzurg Tehroniyning „Tabaqat aʼlam ash-shia“ (mashhur shia ulamolari haqida) asarlari kiradi. Ibrohim Hafsiyning tabaqot tarixnavisligiga asoslangan tadqiqotlari ushbu janr islom sivilizatsiyasi va diniy ilmlarning turli sohalarida qanday qo‘llanilishini ko‘rsatadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mojaddedi, Jawid. The Biographical Tradition in Sufism: The Tabaqat Genre from al-Sulami to Jami. Surrey: Curzon Press, 2013 — 1-bet. ISBN 070071359X.
- ↑ Foot, Sarah; Robinson, Chase. The Oxford History of Historical Writing: Volume 2: 400-1400. Oxford: Oxford University Press, 2012 — 253-bet. ISBN 9780199236428.
- ↑ Andersson, Tobias. Early Sunnī Historiography: A Study of the Tārīkh of Khalīfa b. Khayyāṭ. Leiden: BRILL, 2018 — 94-bet. ISBN 9789004383166.
- ↑ Judd, Steven C.. Religious Scholars and the Umayyads Piety-Minded Supporters of the Marwanid Caliphate.. Hoboken: Taylor and Francis, 2013 — 25-bet. ISBN 1134501714.
- ↑ Lucas, Scott. Constructive Critics, Ḥadīth Literature, and the Articulation of Sunnī Islam: The Legacy of the Generation of Ibn Saʻd, Ibn Maʻīn, and Ibn Ḥanbal. Leiden: BRILL, 2004 — 48-bet. ISBN 9004133194.