Kontent qismiga oʻtish

Shaxsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaxsiy - NOMULKIY HUQUQLAR — shaxsdan ajratib, begonalashtirib boʻlmaydigan, mulkiy xarakterda boʻlmagan huquqlar. Odatda, Shaxsiyh.ni fuqarolik huquqining boshqa obʼyektlari singari tovarlarning umumiy ekvivalenti hisoblangan pulga (muayyan summadagi pulga) almashtirib, tenglashtirib boʻlmaydi. Shaxsiyh.ga shaxsning hayoti va sogʻligʻi, shaʼni va qadrqimmati, shaxsiy daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga, tasvirga boʻlgan huquqi, mualliflik huquqi kabilar kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining FKga koʻra, Shaxsiyh. yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli boʻlgan boshqa nomoddiy neʼmatlar tortib olinmaydi va oʻzga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli boʻlgan Shaxsiyh. va boshqa nomoddiy neʼmatlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan, huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin (98-modda).

Amaldagi qonunchilikka koʻra, fuqaro yoki tashkilot shaʼniga dogʻ tushiradigan va qadrqimmatini, ishchanlik obroʻsini pastga uradigan maʼlumotlar yuzasidan, basharti bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbot qila olmasa, sud orqali raddiya talab qilishga haqlidir. Qonun shaxsiy huquqlarni himoya qilishda shaxsning jamiyatda oʻz mehnati bilan tutgan oʻrni, topgan obroʻsini nazarda tutadi. Fuqarolik qonunchiligida bunday qoidalarning boʻlishi shaxslarning huquqlari yana ham kengroq himoya qilinishiga alohida eʼtibor berilganligini bildiradi.

Fuqaroning shaʼni, qadrqimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar qaysi ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi. Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Oʻzining shaʼni, qadrqimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan fuqaro bunday maʼlumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zararlar va maʼnaviy ziyonning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqlidir.

Mirodil Baratov.