Suriya ommaviy axborot vositalari
Suriyadagi ommaviy axborot vositalari – asosan televideniye, radio, internet, kino va bosma nashrlardan iborat. Suriyaning milliy tili arab tili boʻlsa-da, baʼzi nashrlar va eshittirishlar ingliz va fransuz tillarida ham efirga uzatiladi[1]. Televideniye Suriyadagi eng mashhur vosita boʻlsa-da, Internet kontentni tarqatish uchun keng foydalaniladigan vositaga aylangan. Nashrlar va eshittirishlar hukumat aʼzolari tomonidan nazorat qilinadi[1]. Barcha ommaviy axborot vositalari Axborot vazirligi nazorati ostida. 2013-yilgi Axborot vazirligi koʻrsatmalarining uchinchi moddasida barcha ommaviy axborot vositalarining maqsadi „Arab Sotsialistik Baʼath partiyasi va davlat siyosati“ning mafkuraviy taʼlimotlariga muvofiq „jamoatchilik fikrini yoritish“ ekanligi belgilangan[2].
OAV
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoat ommaviy axborot vositalari televideniye, matbuot, kino, radio va internet hamda ijtimoiy tarmoqlardan iborat.
Televideniye
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ham televideniye, ham radio uchun Suriya radio va televideniyesi bosh tashkiloti (ORTAS) deb nomlangan yagona asosiy teleradiokompaniya mavjud. U 1960-yilda tashkil etilgan va Damashqda joylashgan. Kanalda arab, ingliz va fransuz tillarida dasturlar mavjud[3]. Televideniye Suriyadagi eng mashhur ommaviy axborot vositasidir[4].
Matbuot erkinligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti 2024-yilgi Matbuot erkinligi indeksida Suriyani dunyoning 180 mamlakati ichida 179-oʻrinda ekanligini bildirishgan[5]. Tashkilot 2022-yil uchun matbuot erkinligi barometrida 1 nafar jurnalist oʻldirilgani, 27 nafar jurnalist va 2 nafar OAV xodimi qamoqqa olingani haqida xabar bergan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 European Neighborhood Journalism Network. „Syria-media profile“ (2025-yil 22-fevral). 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-mart.
- ↑ Sadiki, Larbi „15: Pro-Regime versus Oppositional Media: During the Revolution, 2011–2013“, . Routledge Handbook of the Arab Spring: Rethinking Democratization. Routledge, 2014 — 188, 189-bet. ISBN 978-0-415-52391-2.
- ↑ European Neighborhood Journalism Network. „Syria-media profile“ (2025-yil 22-fevral). 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-mart.
- ↑ „Country profile: Syria“. BBC News (2013-yil 30-yanvar).
- ↑ „Syria“. Reporters Without Borders (2024). 2024-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Syria | RSF“ (en). rsf.org. Qaraldi: 2022-yil 6-may.