Kontent qismiga oʻtish

Vaysxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sulton Uvays oʻgʻlondan yoʻnaltirildi)
Vaysxon
Vafoti 1428
Otasi Shir Ali Oglan

Vaysxon, Uvaysxon, Sulton Uvays oʻgʻlon (71428) — Moʻgʻuliston xoni (1418-21 va 1424-25). Naqshi Jahon (1415—18)ni oʻldirib taxtni egallagan. Vaysxon Amir Temurning sarkardalaridan Turkiston hokimi Shayx Nuriddin bilan ittifoq tuzib, amakisi Moʻgʻuliston xoni Shermuhammadxon (1421—24) bilan taxt uchun oʻzaro kurash olib borgan. Ili daryosi boʻylaridagi buddaviy qalmoqlar xoni Esexu (1415— 25) bilan muntazam (61-marta) urushlar qilgan. "Tarixi Rashidiy"da qayd qilinishicha, Vaysxon oʻta taqvodorligi, oliyjanobligi, jasurligi bilan boshqalardan ajralib turgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil