Soʻroq belgisi
Soʻroq belgisi | |
---|---|
Unicode ichida | U+003F |
UTF-16 | 0x3F |
URL-kod | %3F |
Yana qara | |
Nuqta |
Soʻroq belgisi — gap oxirida qoʻllanadigan tinish belgilaridan (?). Bu belgi asosan mazmunidan soʻroq anglashilgan gaplar oxiriga qoʻyiladi va shoʻ gapning ifoda maqsadiga koʻra soʻroq ran ekanligini koʻrsatadi (Nega kelmading? Qoʻrqdingmi?). Bu belgi oʻzbek tiliga rus tilidan kirgan, 19-asr oxirlaridan. "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida ayrim matnlarda qoʻllana boshlagan.
Soʻroq belgisi oʻzbek adabiy tilida quyidagicha qoʻllanadi: 1. Sof soʻroq gaplar (sodda yoki qoʻshma) oxiriga qoʻyiladi. Bunday gaplar tarkibida soʻroqni bildiruvchi leksik yoki fammatik vositalar: soʻroq olmoshlari va soʻroq yuklamalari ishtirok etishi (Shahardan qachon kelding? Kimni koʻrding? Sogʻligi yaxshimi? Botirchi?) yoki ishtirok etmasligi mumkin. Keyingi holatda soʻroq maʼnosi yozuvda soʻroq belgisi bilan, ogʻzaki nutqda ohang bilan ifodalanadi (Soat besh boʻldi. — Soat besh boʻldi?). 2. Taqrizlarda, iqtiboslarda biron soʻz yoki jumla noaniq boʻlsa, xato qoʻllansa, gumon va anglashilmovchilikni bildirsa, oʻsha soʻz yoki jumladan soʻng qavsga oʻragan holda qoʻyiladi. Baʼzan jumladagi xato juda qoʻpol boʻlsa, Soʻroq belgisi qoʻsha qoʻllanishi mumkin. 3. Soʻroq ran tipidagi sarlavhalardan keyin qoʻllanadi: Teatr yoshlarga nima berdi? Huquqiy meʼyorlarni bilasizmi? Ritorik soʻroq gaplar oxirida baʼzan Sb., baʼzan soʻroq va undov belgilari qoʻsha qoʻllanadi: Dunyoda onadan ulugʻ zot bormi?!
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |