Kontent qismiga oʻtish

Sulton Husayn I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton Husayn I (forscha: شاه سلطان حسین 1668—1726) – Safaviylar sulolasidan soʻnggi Fors shohi (1694—1722). 1722-yilda afgʻon qoʻzgʻolonchilari tomonidan agʻdarildi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1669-yilda Eron shohi Sulaymon Sefi va uning haram vakillaridan biri boʻlgan cherkes kanizaklari oilasida tugʻilgan. Uning hukmronligi davrida quyidagi eshikogʻaboshilari (saroy qoʻriqchisi)[1] mavjud edi:

  • Ali Mardan Xon (1695)
  • Muhammad Moʻmin Xon Begdeli Shamli (1696—1698)
  • Maasum Bek (1698)
  • Ali Mardan Xon (1700—1701)
  • Rzagulu Xon Shamli (1722)

Sulton Husayn siyosatga unchalik qiziqmaydigan sodda odam sifatida obroʻga ega boʻlgan. Uning "Yaxshi dir" laqabi bor edi – davlat boshqaruvi toʻgʻrisida qaror qabul qilish zarurati tugʻilganda bu uning odatiy javobi edi[2]. 1722-yilda Shoh bilan uchrashgan Nikolay Shorer fors-turkiy tarjimon orqali Sultan Husayn bilan muloqot qilgani haqida xabar beradi[3] Oʻzidan oldingilardan farqli oʻlaroq, u rahmdil boʻlib, shafqatsizlikka qodir emas edi. Bir kuni toʻpponchasi bilan oʻrdakni yaralab, qattiq pushaymon boʻlib, „Men qonga boʻyalganman“, degan va aynan shu munosabat bilan u kambagʻallarga ikki yuzta tuman tarqatishni buyurgan.

Yosh shoh taqvodor musulmon boʻlib, uning davrida spirtli ichimliklar va afyun isteʼmol qilish taqiqlangan, ayollarning jamoat joylarida oʻzini tutishiga cheklovlar qoʻyilgan. Hokimlarga shariat qonunlariga amal qilish buyurilgan.

Biroq tez orada hokimiyat Muhammad Bakir Majlisidan Sulton Husaynning xolasi, Shoh Sefi I ning qizi Maryam Begimga oʻtgan. Uning taʼsiri ostida Sulton Husayn hukumatdan chetga chiqqan, butun vaqtini haram va hashamatli bogʻlarda oʻtkazgan

Sulton Husaynning diniy siyosatiga qarshi isyonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sulton Husayn saroy aʼyonlari bilan. Fors miniatyurasi (1721)). Britaniya muzeyi, London

Shia islomining davlat darajasida oʻrnatilishi sunniy musulmonlar, yahudiylar va nasroniylarga nisbatan murosasizlikning kuchayishiga olib kelgan. Shoh, shuningdek, zardushtiylik tarafdorlarini islom diniga majburan qabul qilish toʻgʻrisida farmon chiqagan[4].

Chahorbogʻ madrasasi Solton Husayn hukmronligi xotirasiga bagʻishlangan (National Geographic, 1921)
  1. Moḥammad Rafiʿ Anṣāri, „Dastur al-Moluk“, p. 169
  2. Michael Axworthy, The Sword of Persia: Nader Shah, from Tribal Warrior to Conquering Tyrant 348 pages Publisher: I.B. Tauris 26 July 2006 ISBN 1-85043-706-8(ingl.)"Kogda shaxa Soltan Xuseyna prosili prinyat reshenie, on vsegda soglashalsya s poslednim, kto viskazival mnenie – obichno so slovami „Yaxshi dir“. Odna istoriya glasit, chto on ispolzoval etu frazu tak regulyarno, chto evnuxi i pridvornie nazivali ego za spinoy „Yaxshi dir“".
  3. W. Floor, H. Jawadi, „The Role of Azerbaijani Turkish in Safavid Iran“, p. 574
  4. Ye. A. Doroshenko Zoroastriysi v Irane (Wayback Machine saytida 21-avgust 2010-yil sanasida arxivlangan) (Istoriko-etnograficheskiy ocherk).- M., Главная редакция восточной литературы издательства «Наука», 1982.- 133 s.