Kontent qismiga oʻtish

Stiven Kovi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stiven R. Kovi
inglizcha: Stephen R. Covey

Kovi 2005-yilda
Tavalludi
Stephen Richards Covey

24-oktyabr 1932
Vafoti 16-iyul 2012[1]
Idaho Falls (Idaho), AQSh
Fuqaroligi Amerikalik
Taʼlimi Utah universiteti (B.S.)
Harvard universiteti (M.B.A.)
Brigham Young University (D. R. E.)
Turmush oʻrtogʻi Sandra Kovi (inglizcha: Sandra Covey)
Bolalari 9

Stephen Richards Covey (1932-yil 24-oktabr – 2012-yil 16-iyul) – Amerikalik muallim, muallif, tadbirkor va notiq. „Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi“ (inglizcha: The 7 Habits of Highly Effective People: Restoring the Character Ethic)[2] nomli mashhur asarning muallifi sanaladi. Bundan tashqari „First Things First“, „Principle-Centered Leadership“, „The 7 Habits of Highly Effective Families“, „The 8th Habit: From Effectiveness to Greatness“ (ruscha: Восьмой навык. От эффективности к величию) hamda „The Leader In Me: How Schools and Parents Around the World Are Inspiring Greatness, One Child at a Time“ asarlarini yozgan. 1996-yilda Timeda Stivenning nomi 25ta eng nufuzli odamlar qatorida qayd etilgan[3]. Vafotidan avval Utah Shtat Universitetining Jon M. Huntsman nomidagi biznes maktabida professor boʻlgan.

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stiven R. Kovi 1932-yil 24-oktyabrda Utahning Salt Lake City shahrida Stephen Glenn Covey va Irene Louise Richards Coveylar oilasida dunyoga kelgan[4]. Kovi Utah universitetining Biznes boshqaruvi boʻyicha Bakalavr diplomini, Harvard maktabining (HBS) Magistrlik diplomini hamda Brigham Young Universitetining Diniy bilimlar doktori diplomlarini olgan. Shuningdek, Pi Kappa Alpha kolleji aʼzosi boʻlgan. Kovi 10ta faxriy doktorlik unvonlari bilan taqdirlangan.

Falsafiy tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kovining hayotida Peter Drucker hamda Carl Rogersning taʼsiri katta boʻlgan. Uning fikrlash doirasida taʼsir koʻrsatgan yana bir muhim omil doktorlik dissertatsiyasi uchun oʻrgangan Amerikaning oʻz-oʻziga yordam kiroblari sabab boʻlgan[5]. Yana bir muhim omil uning LDS cherkoviga aloqadorligidadir. Clayton Christensenning taʼkislashicha, „The Seven Habits“ soʻnggi zamon avliyolari qadriyatlarining dunyoviy mazmuniga aylangan.

Kovining „Spiritual Roots of Human Relations“ nomli kitobi 1970-yil Deseret Book Company tomonidan nashr etilgan. Ushbu kitoblarni mutoala qilish Kovining keyingi asarlari qanday qilib bundan oldingi gʻoyalarning dunyoviy rivojlanishini ochib bergan.

The 7 Habits of Highly Effective People

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The 7 Habits of Highly Effective People Kovining eng mashhur asarlaridan boʻlib, 1989-yilda birinchi nashr etilganidan beri dunyo boʻylab 20 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Audio versiya AQSh nashriyotlari tarixida bir million nusxadan ortiq sotilgan ilk hayotiy audiokitob boʻlgan[6].

The 8th Habit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yil Stivenning „The 8th Habit: From Effectiveness to Greatness“ nomli kitobi Simon & Schuster ostidagi Free Press tomonidan nashrdan chiqqan. Bu kitob „The 7 Habits“ ning davomidir. Kovining soʻzlariga koʻra, bugungi kunda biz duch kelayotgan qiyinchiliklar va chigallilar barchada turli darajada boʻladi. „The 8th habit“ kitobida: „Ichki ovozingni angla va boshqalarga ham oʻz ichki ovozlarini anglashga yordam ber“, deb undagan.


  1. (unspecified title)
  2. „7 Habits of Highly Effective People“. www.quickmba.com. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
  3. Bullock, Erin Hong and Blaze „Stephen Covey's achievements | Deseret News“ (en). DeseretNews.com. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  4. Harper, Lena M. (Summer 2012). "The Highly Effective Person". Marriott Alumni Magazine (Brigham Young University). Archived from the original on 2013-10-04. https://web.archive.org/web/20131004100045/http://marriottschool.byu.edu/marriottmag/summer12/features/feature02.cfm. Qaraldi: August 11, 2012. Stiven Kovi]]
  5. Covey, Stephen R. (1976). Effects of Human Relations Training on the Social, Emotional, and Moral Development of Students, with Emphasis on Human Relations Training Based Upon Religious Principles (PhD thesis). Brigham Young University.
  6. „'7 Habits' author Stephen Covey dead at 79“. CNN (2012-yil 16-iyul). Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.