Kontent qismiga oʻtish

Stenbock uyi

Koordinatalari: 59°26′17.8″N 24°44′25.3″E / 59.438278°N 24.740361°E / 59.438278; 24.740361
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stenbock uyi
Stenbocki maja

Tallindagi Stenbock uyi
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi Neoklassitsizm
Shahar Tallinn
Mamlakat Estoniya
Qurilishi boshlangan 1787-yil
Qurilishi tugagan 1792-yil
Mijoz Jakob Pontus Stenbock
Egasi Estoniya hukumat binosi
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Johann Caspar Mohr
Stenbock uyi

Stenbock uyi (estoncha: Stenbocki maja) Tallinning Toompea tepaligida joylashgan taniqli neo-klassik uslubida qurilgan bino. U Estoniya hukumatining rasmiy qarorgohi hisoblanadi[1].

Count Jakob Pontus Stenbock (1744-1824)
Graf Yakob Pontus Stenbock (1744–1824)

Stenbock uyining tarixi 1780-yillarga borib taqaladi, oʻsha paytdagi Rossiya imperiyasining Estoniya gubernatorligi mahalliy maʼmuriyati tomonidan maʼmuriy maqsadlarni amalga oshirish uchun yangi binolar qurish rejasini ishga tushirgan. Dastlab, mazkur inshoot sud binosi sifatida foydalanishga moʻljallangan[1][2]. Nufuzli mahalliy aristokrat va Hiumaadagi yirik mulk egasi graf Yakob Pontus Stenbock Tallin (Reval) oʻrtasidagi Toompea tepaligida yangi bino qurish tenderida gʻolib boʻlgan. Yangi uyning arxitektori Estoniyadagi jamoat binolarini saqlash uchun masʼul boʻlgan provinsiya meʼmori va mahalliy uylarning mashhur dizayneri Johann Caspar Mohr edi[2].

Binoning qurilishi 1787-yilda boshlangan. Rossiya davlatida davom etayotgan rus-turk urushi bilan bogʻliq xarajatlar natijasida bino uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori kamaytirilgan. Natijada, viloyat Stenbockdan qarzdor boʻlib qolgan va qurilishi tugallanmagan bino uning mulkiga oʻtgan. Keyinchalik, u binodan Tallindagi qarorgohi sifatida foydalangan. Inshoot hanuzgacha Stenbockning xotirasi uchun Stenbock nomini oʻzida saqlab kelmoqda. 1828-yilda, Stenbockning oʻlimidan soʻng, bino 1899-yilgacha turli insonlar orasida qoʻldan-qoʻlga oʻtib, nihoyat gubernatorlik maʼmuriyatining mulkiga aylantirilgan va sud binosi sifatida foydalanila boshlangan[2].

Stenbock uyidan Estoniya mustaqilligining ilk yillarida (1918-1940) ham, Sovet istilosi davrida (1944-1991) ham sud binosi sifatida foydalanishda davom etilgan. 1970–1980-yillarda ikki sud zalining shiftlari va sud arxivi qulab tushgach ham, binoda taʼmirlash ishlari amalga oshirilmagan. 1991-yilda Estoniya mustaqilligi tiklanish davrida butun bino qulash xavfi ostida boʻlgan. 1996–2000-yillar davomida binoda toʻliq taʼmirlash ishlari olib borilgan. Yangi taʼmirlangan bino 2000-yilda qayta ochilgach, Estoniya milliy hukumatining rasmiy qarorgohiga aylantirilgan[2][1].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binoning meʼmoriy uslubi neoklassitsizmning juda oddiy shaklidir. Old qismi oltita pilaster va Saaremaa dolomitidan yasalgan ikkita yarim pilaster va tishli fronton bilan bezatilgan. U nisbatan kamroq bezaklangan binolar bilan oʻralgan, yarim doira shaklidagi hovliga qaragan[3]. Aynan shu jihati sababli binoning koʻcha tomoni juda oddiy xoʻjalik binolaridan ajralib turadi. Koʻchaga qaragan bino devorida Stalinist Sovet ishgʻol rejimi tomonidan oʻldirilgan Estoniya parlamenti va hukumati aʼzolarining ismlari yozilgan yodgorlik lavhasi mavjud. Binoning eng mashhur koʻrinishi (rasmi) uning orqa tomonidan olingan boʻlib, u Toompea tepaligining chetida joylashgan holatda tasvirlangan. Bu tasvirda Dorik ustunlari ustida koʻtarilgan katta balkonga asosiy eʼtibor qaratiladi. Umuman olganda, binoning tashqi koʻrinishi hali ham biroz boʻlsa-da, asl binonining holatini oʻzida aks ettiradi. Sovet istilosi davrida inshootning ichki qismi jiddiy shikastlangan va hozirda uning katta qismi rekonstruksiya qilingan[1][4][5].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Stenbock House“. Estonian Government Office. 2013-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „The Stenbock House - History“. riigikantslei.ee. 2017-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-mart.
  3. „The Stenbock House - Architecture“. riigikantslei.ee. 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-mart.
  4. „The Stenbock House - From Inside and Out“. riigikantslei.ee. 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-mart.
  5. Taylor, Neil. Estonia. Bradt Travel Guides, 2010 — 103-bet. ISBN 9781841623207. 

59°26′17.8″N 24°44′25.3″E / 59.438278°N 24.740361°E / 59.438278; 24.740361