Kontent qismiga oʻtish

Neoklassitsizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neoklassitsizm - XIX asr ikkinchi yarmi XX asrlar sanʼatida antik sanʼat, Uygʻonish davri sanʼati va klassitsizmning mumtoz anʼanalariga tayangan ijtimoiy yoʻnalish va gʻoyaviy mazmun jihatidan turlicha boʻlgan oqimlarni ifodalovchi atama. N. (oʻtmish sanʼatga murojaat etish dasturi sifatida) jonli borliqqa qandaydir "abadiy" estetik qadriyatlarni qarama-qarshi qoʻyishga intilish zaminida paydo boʻlgan (rassom X. Mare, A. Feyerbax, haykaltarosh A. Xildebrand va boshqalar). "N." atamasi 17-asr — 18-asr 1-yarmidagi klassi-sizmdan farqlash maqsadida 18-asr 2-yarmi —19-asr 1-choragidagi klassitsizmga nisbatan ham qoʻllanadi. N., ayniqsa, meʼmorlik va tasviriy sanʼatda keng tar-qaldi, shuningdek, adabiyot va musiqa taraqqiyotiga ham taʼsir koʻrsatgan.

Meʼmorlikda 20-asr boshlarida modernning oʻta hashamdor va noaniq kurilmalariga aks taʼsir sifatida yorqin namoyon boʻldi (O. Perre — Fransiya; P. Berens — Germaniya; O. Vagner — Avstriya va boshqalar). 30-yillarda Italiya va Germaniya meʼmorligida dabdabali inshootlar qurilishida keng qoʻllandi. 50-yillardan, asosan, AQSH rasmiy inshootlarida rivojlandi (E. Stoun, G. Groppius, F. Jonson va boshqalar), Rossiya (I. Joltovskiy, I. Fomin va boshqalar) meʼmorlari ijodida namoyon boʻldi.

Tasviriy sanʼatda "N." atamasi keng qamrovli boʻlib, turli badi-iy oqimlarga nisbatan qoʻllanadi, klassik obrazning ichki uygʻunligini zamonaviy hayotdagi nomutanosiblik-ka qarama-qarshi qoʻyish xohishi kuchli ifodalanadi. N.ning hayratga so-luvchi ayrim nuqtalari prerafaelitlar (19-asr oʻrtalari) ijodida seziladi. Yaxlit hodisa sifatida nemis neoide-alizmi (1870-yil oxiri)ning nazariy qarashlari va amaliyotida namoyon boʻldi; imperessionizmdan taʼsirla-nish koʻrinishlaridan biri sifatida kengtarqaldi. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida soʻnggi akademik anʼanalar bilan antik sanʼat dasturlarini uygʻunlashtirgan N. modern uslubi bilan yaqinlashgan. Haykaltaroshlar A. Mayol, E. A. Burdel (Fransiya), G. Vigelann (Norvegiya), K. Milles (Shvetsiya), S. T. Konenkov, A. T. Matveyev, S.D. Merkurov (Rossiya) va boshqa, rassomlar F. Xodler (Shveysariya), P. Tovi de Shavann, M. Deni (Fransiya), V. A. Serov, A. Ye. Yakovlev (Rossiya) va boshqa ijodida insonpar-varlik asoslari sakdandi. 20—30-yillar tasviriy sanʼatida baʼzi oqimlar (futurizm, kubizm va boshqalar)ga javob tarzida paydo boʻlgan oqim va yoʻnalishlarning ham N.ga aloqadorligi kuzatiladi. Oʻz navbatida N. ham Germaniya, AQSH va boshqa mamlakatlar sanʼati oqimlariga taʼsir koʻrsatgan.

M usik, ada 20-asrda musiqiy romantizm va, ayniqsa, ekspressionizm uslublariga aks taʼsir sifatida rivoj topgan. Ilk klassik hamda undan ol-din boʻlgan baʼzi uslublar (Mas, ba-rokko)ning musiqiy xususiyatlarini tiklashga asoslangan. N. asarlari po-lifonik vositalarning rivojlangan-ligi, musiqa shakli mantiqiy qoidalariga asoslanganligi, badiiy obrazlar obyektiv ruxda yaratilganligi bilan ajralib turadi. Yirik vakillari: I. Stravinskiy, P. Xindemit, B.Bartok, A. Kazella, O. Respigi, A. Lyutoslavskiy va boshqa Oʻzbekistonda N.ga F. Yanov-Yanovskiy, T. Qurbonov va boshqa murojaat qilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil