Start-up Nation
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Muallif(lar) | Dan Senor, Paul Singer |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | iqtisod |
Nashriyot | „Twelve“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2009 |
Sahifalar soni | 304 |
ISBN | ISBN 978-0-446-54146-6 |
„Start-up Nation“ („Startap xalq“), toʻliq nomi „Start-up Nation: The Story of Israel's Economic Miracle“ („Startap xalq: Isroilning iqtisodiy moʻjizasi hikoyasi“) — amerikalik iqtisodchilar Dan Senor hamda Paul Singer qalamiga mansub Isroil iqtisodi boʻyicha kitob. Ilk bor 2009-yil New York shahrida „Twelve“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Asarda mualliflar Isroil iqtisodida topqirlik va innovatsiyaning tutgan oʻrni haqida hikoya qiladi. Xususan, ular nima uchun 60 yillik tarixgagina ega boʻlgan, tabiiy boyliklari boʻlmagan hamda asos solinganidan beri dushmanlar qurshovida qolib kelayotgan Isroilda Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Kanada hamda Buyuk Britaniya kabi yirik va tinch mamlakatlardan ham koʻp startap shirkatga asos solinishini tushuntirib berishga urinadilar. Kitob „The New York Times“ hamda „The Wall Street Journal“ gazetalari bestsellerlari roʻyxatiga kirgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt (ingl.)