Spirit (marsyurar)
Spirit (maʼnosi: Ruh; rasmiy nomi Mars Exploration Rover - A) NASA loyihasi boʻlib, Mars sayyorasini oʻrganuvchi robotdir. 2003-yil 10-iyunida Yerdan uchirilgan, 2004-yil 4-yanvarida Marsga qoʻngan. 2009-yil 1-mayda Mars tuproqlarida tiqilib qolgan,[1] oxirgi signali 2010-yil 22-martda yuborilgan.
Spirit 90 Mars sutkasi (taxminan 92 Yer sutkasi) davomida ishlab, 1 km yurishi rejalashtirilgan edi. Biroq u kutilganidan ancha koʻp va muvaffaqiyatli ishladi (2208 Mars sutkasi, ~2269 Yer sutkasi), 7,73 km yoʻl bosdi.[2]
Spirit tuproqqa tiqilib qolganidan beri undan signallar tobora kam kela boshladi. 2011-yil 24-maygacha NASA xodimlari u bilan aloqani tiklashga harakat qilishdi, bu harakatlar zoe ketdi va ertasi kuni NASA Spirit loyihasi nihoyasiga yetgani haqida xabar qildi.[3][4]
Spirit ishi vaqtida anchagina foydali maʼlumotlar yigʻildi, jumladan, Marsda qachonlardir suyuq suv boʻlgani aniqlandi.[5]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Opportunity marsyurari
- Curiosity marsyurari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Crater was Shaped by Wind and Water, Mars Rover Data Shows", New York Times
- ↑ "NASA Spirit Rover Completes Mission on Mars"[sayt ishlamaydi], NASA
- ↑ "NASA Concludes Attempts to Contact Mars Rover Spirit" (Wayback Machine saytida 2011-10-11 sanasida arxivlangan), NASA
- ↑ "NASA to Abandon Mars Spirit Rover", New York Times
- ↑ "Mars Exploration Rover Mission: Press Releases[sayt ishlamaydi], NASA
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Mars Exploration Rover mavzusiga oid fayllar bor. |
- Marsyurarlar NASA saytida