Curiosity (marsyurar)
Curiosity (talaffuzi: Kyuriositi; inglizchadan tarjimasi: Qiziquvchanlik) NASA loyihasi boʻlib, Mars sayyorasini oʻrganuvchi robotdir.
Marsyurar yadroviy oziqlanuvchi koʻchma ilmiy laboratoriya boʻlib, oʻnlab uskunalar bilan qurollangan. U NASA'ning Mars Science Laboratory (MSL; Mars Ilmiy Laboratoriyasi) vazifalaridan biridir. MSL vazifalariga quyidagi ilmiy ishlar kiradi: Mars iqlimi va geologiyasini oʻrganish, Marsda hayot boʻlgan-boʻlmaganligini tekshirish va Marsdagi suv ahamiyatini tadqiq etish. Curiosity Mars sathida eng koʻp ilmiy uskuna tashiydigan robotdir.[1]
Curiosity 2011-yil 26-noyabrida Yerdan uchib, 2012-yil 6-avgustida (NASA shtabi vaqti bilan 5-avgustda) Marsning Gale krateriga muvaffaqiyatli qoʻndi.[2] Tez orada u fotosuratlar olib, Yerga uzatdi.[3]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Spirit marsyurari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mars Science Laboratory - Facts“ (PDF). Jet Propulsion Laboratory, NASA (2012-yil mart). 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
- ↑ NASA Staff. „NASA Lands Car-Size Rover Beside Martian Mountain“. NASA (2012-yil 6-avgust). 2012-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-avgust.
- ↑ “Curiosity” Marsdan ilk suratlarni joʻnatdi[sayt ishlamaydi], kun.uz
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Curiosity (marsyurar) haqida turkum mavjud |
Vikiomborda Curiosity yuborgan suratlar haqida turkum mavjud |