Kontent qismiga oʻtish

Sarkodalilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Soxta oyoqlilardan yoʻnaltirildi)

Sarkodalilar — sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi. Tanasi sirtdan sitoplazmatik membrana bilan qoplangan; hujayra qobigʻi boʻlmaydi. Koʻpchilik turlari tanasi oqak yoki kremniy chigʻanoq ichida joylashgan; chigʻanoq teshiklaridan sitoplazmasi oʻsimtalari (soxta oyoklar) chiqib turadi. Soxta oyoqlar (psevdopodiylar) harakatlanish va oziqni qamrab olish vazifasini bajaradi. Soxta oyoqlar yassi parraksimon, ipsimon yoki nursimon boʻladi. Yadrosi bitta yoki bir nechta. Chuchuk suvda yashaydigan sarkodalilarning qisqaruvchi vakuolalari bor. Bakteriyalar, suvoʻtlar, shuningdek, bir hujayrali hayvonlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik Sarkodalilar noqulay sharoitda sista hosil qiladi. 2 ga yoki koʻp marta boʻlinish (shizogoniya) va kurtaklanish orqali jinssiz ham bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) yoki har xil tipdagi gametalar (anizogametalar) hosil qilish orqali jinsiy koʻpayadi. 4 ta kenja sinf (ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar, akantariyalar)ga boʻlinadi. 11000 dan ortiq turi maʼlum. Koʻpchilik sarkodalilar dengizlar va chuchuk suvlarda, bir qancha turlari tuprokda yoʻsinli botqoqliklar va oʻrmonlarda yashaydi. Ayrim turlari (masalan, ichburugʻ amyobasi) parazit[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil