Sopollitepa
Sopollitepa — Surxondaryo viloyatining (Muzrabod tumani) Sherobod choʻlini kesib oʻtgan Oʻlanbuloqsoy yoqasiga joylashgan jez davriga oid arxeologik yodgorlik. U 1968-yil arxeolog L. Albaum tomonidan topilgan. 1969—74 yillarda A. Asqarov tomonidan oʻrganilgan S.ning maydoni taxminan 4-5 ga(A.Asqarov). Uning 1 ga.ga yaqin markaziy qismi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Qalʼa atrofidagi maydonning kata qismi buzilib, paxta dalalariga aylantirilgan. Tepaning ustki qismida sopol sinikdari kalashib yotganligi uchun u mahalliy aholi orasida S. deb atalgan. S.da oʻtkazilgan arxeologik kazishmalar natijasiga koʻra, uning markaziy qismi murabba (82×82 m.) shaklida qurilgan qalʼadan iborat. Qalʼaning tomonlari goʻyo 3 qator mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Aslida esa, qalʼani oʻrab olgan devorlar tizimi ichki va tashqi yoʻlaksimon qopqonlardan tashkil topgan boʻlib qalʼa tashqi mudofaa chizigʻida tomonlarga parallel qilib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Qalʼaning ichki mudofaa chizigʻining markaziga va har toʻrt tomon burchaklariga bittadan, hammasi boʻlib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Yoʻlaksimon qopqon tizimining joylashish rejasiga koʻra, qalʼaga kirish darvozasi ham goʻyo 8 ta. Aslida esa haqiqiy darvoza qalʼa jan. tomonining markaziga joylashgan, qolgan „darvozalar“ harbiy xavf tugʻilganda qopqon vazifasini bajargan. Qalʼaning ichki mudofaa tizimida, yoʻlaksimon qopqonlar oraligʻida, har tomonda ikkitadan murabba shaklida qurilgan xonalar boʻlib, ularga qalʼa ichki tomonidan eshik ochilgan. Aynan ana shu xonalar tomon qalʼa ichiga joylashgan turar joy majmualari oralab tor koʻchalar oʻtgan. Qalʼa ichidagi turar joy majmualari uning ichki devorlari boʻylab joylashgan. Ular ana shu koʻchalar orqali 8 ta mahallaga boʻlingan. Qalʼa markazida esa ochik, maydon bor. Qalʼa darvozasidan boshlangan keng yoʻl va tor koʻchalar ana shu maydon bilan bogʻlangan. Bularning barchasi S. jamoalarining mudofaa tizimini tashkil etgan. Bunday murakkab meʼmoriy inshoot oldindan oʻylangan aniq reja va gʻoya asosida qurilgan. S. qalʼa qoʻrgʻonining meʼmoriy tarhi protoshahar tarkibini eslatadi, uni maxsus oʻylab topilgan mudofaa rejasi esa amaliy tajribadan kelib chiqib, qalʼa bosh rejasi gʻoyasiga qatiy boʻysundirilgan. Aynan, mana shunday mudofaa tizimi S. xavfsizligini yukrri darajada taʼminlay olgan. S. mudofaa tizimini tashkil etgan uzun yoʻlaklar dastlab mudofaa inshooti vazifasini bajargan. Ularga mudofaa inshooti sifatida talab soʻngach, sekinasta boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Masalan, shim. va sharqiy ichki yoʻlaklar xilxona sifatida foydalanilsa, gʻarbiy va jan. yoʻlaklar kulolchilik ustaxonalari sifatida foydalanilgan. Har bir mahallada urugʻ jamoalarining xilxonalari boʻlib, marhumlar mudofaa devorlari ostiga, uylarning poli ostiga koʻmilgan. Urugʻ boshliklarining qabrlari esa, odatda, oila oʻchogʻi roʻparasida uchratiladi.
S.da oʻtkazilgan qazish jarayonida 150 dan ortiq turar joy majmualari ochildi. Ularni mahalla boʻyicha taqsimlaganda har bir mahalla maydoniga 15—20 tagacha oilaviy turar joy majmualari toʻgʻri keladi. Lekin, ular bir vaqtda bunyod etilmagan. S.da odamlar kancha vaqt yashaganligini oʻrganish maqsadida uning har xil joylarida shurflar solindi. Shurf kesmalariga kura, mudofaa inshootlari va uyjoy majmualari poydevorsiz qurilgan. Oilaviy uyjoy majmualari koʻp xonali boʻlib, har bir oilaga qarashli koʻp xonali uyning biri devorining ostida moʻrili oʻchoq, ikkinchisida sandal oʻrni yoki toza kulli qurbongoh chuqurchasi, uchinchisidan esa omborxona sifatida foydalanilgan. Bular oila birligini anglatuvchi muhim belgi edi. Bir necha shunday oila birliklari katta patriarxal urugʻ jamoasini tashkil etgan. S. ana shunday katta patriarxal urugʻ jamoalaridan 8 tasini birlashtirgan qishloq jamoasi edi. S. uylari va mudofaa inshootlari somon qoʻshilgan xom gʻishtlardan qurilgan. Uy devorlari andavalar yordamida silliq kilib suvalgan (topilmalar orasida sopol andava ham bor), suvoq ustidan havorang ohak bilan okdangan.
Har bir patriarxal jamoa mahallasi qoshida ularning kundalik ehtiyojidan kelib chiqqan holda kulolchilik sexi va metall eritish ustaxonalari mavjud. Xonalarning baʼzi birlari toʻqimachilik maqsadlariga moslab qurilgan. Ular keng va uzun boʻlib, toʻquv dastgohini oʻrnatishga moʻljallab qurilgan. Ana shunday xonalarda urchuq toshlar, suyak taroqlar, tosh va sopol qadoqtoshlar koʻproq uchratilgan. S.da toʻqimachilik ipak, paxta va hayvon yungi xom ashyosi asosida qurilganligi haqida dalolat beruvchi topilmalar bor.
S. sopollari charxda yasalgan, 2 qavatli xumdonda pishirilgan. Ular nafis, jarangdor, naqshsiz. Kulollar sopol i. ch.da asosiy eʼtiborni mutanosiblik va shaklga qaratgan. Ular juda sifatli uzun oyoqli vazalar, konussimon kosalar va nimkosalar, qadaxlar va xurmachalar, koʻza va koʻzachalar, xum va xumchalar, choynak va piyolalar, togʻora va laganlardan iborat.
S.da jezdan qirgʻich va pichoqlar, bolta va teshalar, igna va bigiz, iskana va randa tishlari, koʻzgu va muhr, surmadon va xilma xil idishlar, bilaguzuk, soch turmaklagichlar, sirgʻa va uzuklar, tillaqosh va qosh tergichlar ishlab chiqarilgan.
S. da 138 ta qabr ochilgan. Ularning deyarli barcha ashyoviy dalillari butunligicha bizgacha yetib kelgan. Qabrlar hozirgi zamon qabrlaridan farq qilmaydi: ayvoncha, ayvonchalarning gʻarbiy chetida, undan pastroqda lahad — jasadxona, uning ogʻzi yarim engashtirilib terilgan gʻishtlar bilan berkitilgan. Ayvoncha lahaddan chiqqan toza tuproq bilan toʻlgʻizilib usti suvab qoʻyilgan. Birgina farqi S. lahadlari kengroq, qabr ogʻziga yaqin boʻsh maydonga turli idish tovoqlar, mehnat va boshqa harbiy qurollar, taqinchoq, bezak buyumlari va boshqa qoʻyilgan. Lahadda erkaklar gʻujanak holda oʻng tomoni bilan, ayollar esa chap tomoni bilan yotibdi. Har ikki jins ham kafanda emas, balki hayotlik vaqtidagi bayramona kiyimda koʻmilgan. Erkaklar qabrida mehnat va harbiy qurollar, ayollar qabrida turli xil taqinchoq va bezaklar uchraydi. Qabrlardan topilgan ashyolar tarkibiga qarab, marhumlarning kasbini aniq aytish mumkin. Demak, sopollitepaliklar eʼtiqodiga koʻra, ular narigi dunyoda ham yashashda davom etishlarini tasavvur qilganlar. Mozordagi ashyolarning „boy va kambagʻalligi“ ularning yoshi va jamoada tutgan mavqei bilan boglik boʻlgan. Qabrlarda bitgadan, baʼzan esa ikkitadan skeletlar uchraydi. Baʼzida ayolni emizikli bolasi bilan koʻmish hollari ham uchraydi. Uzoq oʻtmishdagi ajdodlarimiz udumiga koʻra, ona oʻlsa uning emizikli bolasi bilan koʻmish tabiiy hol hisoblangan boʻlsa kerak. S.da oʻrganilgan juft qabrlarda erkak va ayol birga koʻmilgan boʻlib, ularning birontasining suyagida majburiy oʻlim izlari uchramaydi. Demak, ular oʻz ajali ila hayot bilan vidolashganlar.
Keyinroq, koʻchmanchi mulkdor chorvadorlar orasida koʻp xotinlik tabiiy holga aylangan harbiy demokratiya davrida „narigi dunyoda hayotning davom etishi“ haqidagi ibtidoiy aqidaga koʻra, skif podsholari va qabila sardorlari bilan ularning xotin va choʻrilaridan bir qismini majburiy oʻddirib birga koʻmish odat tusini olgan. Ana shu odatning dastlabki ildizlari S.da koʻzga tashlanadi, qabrlarda odam jasadi oʻrnida mayda hayvon skeletlari uchratilgan, bunday qabrlar kenotaf nomi bilan ataladi. Ularga bedarak yoʻqolgan marhum oʻrniga jamoa dafn anʼanasiga koʻra, uning tirik jon mulkidan bir qoʻyni oʻldirib koʻmish lozim topilgan. S. kenotaf qabrlarining deyarli barchasi erkaklarga tegishli edi.
S aholisi eʼtiqodida quyoshga, olovga sigʻinish oʻz aksini topgan. Uning izlari ayrim xonalar maydonida uchratilgan sandal oʻtxonasi sifatida qabul qilingan toza kulli chuqurchalar edi. Bularning barchasi otashparastlar eʼtiqodiga aloqador belgilar edi.
S. jamoasi mazkur maskanda 150—200 yillar chamasi yashab, suv tanqisligidan, suvga qulay yangi unumdor yerlar qidirib, Sherobod daryoning qad. oʻzani Boʻstonsoy soxillariga koʻchib ketadilar. Bu voqealar mil. av. 2ming yillikning birinchi yarmida sodir boʻldi. S. dehqonlari yangi joyni oʻzlashtirib, Oʻzbekiston janubida eng qad. ilk shaharni barpo etadilar. U shahar Oʻzbekiston tarixida Jarqoʻton nomi bilan atalib, uning protoshahri S hisoblanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Askarov A., Sapallitepa, T., 1973; Askarov A., Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzi yuga Uzbekistana, T., 1977. Ahmadali Askarov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |