Kontent qismiga oʻtish

Ekin maydoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekin maydoni — qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlgan haydalma yerlar. Umumiy Ekin maydoni (koʻp yillik bogʻlar, tokzorlar, oʻrmonlardan tashqari barcha qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlgan yerlar), ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlari Ekin maydoni (paxta, sholi, kartoshka, kanop, tamaki va b), ekin guruhlari Ekin maydoni (bahori va kuzgi don, texnika, sabzavotpoliz ekinlari va boshqalar)ga boʻlinadi. Oʻzbekistonda barcha ekin maydoni (ming ga) —3785,1 shundan don ekinlari 1789,0 (boshoqli don ekinlari 1618,6, shu jumladan, bugʻdoy 1507,2), texnika ekinlari 1442,8 (gʻoʻza 1392,7), kartoshka 49,1, sabzavot 145,3, ozuqabop poliz ekinlari 41,1 yemxashak ekinlari 315,5 (2003).

Qishloq xoʻjaligini samarali yuritishda Ekin maydoniga turli ekinlarni muayyan nisbatlarda ekish —Ekin maydoni tarkibi muhim ahamiyatga ega. Xoʻjaliklar, tumanlar, viloyatlar va mamlakat boʻyicha Ekin maydonining asosiy ekin bilan bandligi ixtisoslashuv va almashlab ekish negizini tashkil etadi. Mas, 1988-yilda Oʻzbekistonda Ekin maydonining 70% gʻoʻza, 3,8% don ekinlari, 5,8 % makkajoʻxori, 4,2% sabzavotpoliz ekinlari va kartoshka, 16,2% beda bilan band boʻlgan. 2003-yilda esa don ekinlari 47,3%, shu jumladan, bugʻdoy 39,8%, texnika ekinlari 38,1, shu jumladan, gʻoʻza 36,8%, kartoshka 1,3%, sabzavot va poliz ekinlari 4,9, yemxashak ekinlari 8,3% dan iborat boʻddi.

Ekinlar guruhlari yoki turlari, mas, gʻalla, sabzavot, gʻoʻza Ekin maydonini aniq hisoblash qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti hajmini toʻgʻri aniqlashga imkon beradi (qarangYalpi hosil).