Kontent qismiga oʻtish

Sobirjon Xudoyberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sobirjon Xudoyberdiyev
Tavalludi 1925-yil 5-aprel
Vafoti 5-dekabr 2011-yil(2011-12-05)
(86 yoshda)
Andijon viloyati
Janrlar maqom
Kasbi bastakor va sozanda
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Sobirjon Xudoyberdiyev (1925-yil 5-aprel, Shahrixon tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR — 2011-yil 5-dekabr, Andijon viloyati) — oʻzbekistonlik bastakor va sozanda. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. „Xalq maorifi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibi[1].

Sobirjon Xudoyberdiyev 1925-yil 5-aprelda Andijon viloyati Shahrixon tumanining Vahm qishlogʻida tavallud topgan.

Shahrixon tumanidagi 10-son musiqa maktabiga asos solgan. Toshkent konservatoriyasida 1–3-kurslarda gʻijjak cholgʻusini, 4–5-kurslarda chang cholgʻusini oʻrgangan. Sobirjon Xudoyberdiyev boshchiligidagi „Chashma“ ansambili 1956-yil Moskvada boʻlib oʻtgan dunyo festivalida, 1973-yil Ruminiyada boʻlib oʻtgan folklor festivalida qatnashgan[1].

  1. 1,0 1,1 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 226-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.