Kontent qismiga oʻtish

Nuqta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
.
Nuqta
Unicode ichida U+002E
UTF-16 0x2E
URL-kod %2E
Yana qara
Vergul

Nuqta (.) — eng koʻp qoʻllanadigan va eng qadimiy tinish belgilaridan biri; XI asrda arab matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo boʻlgan. XIX asrgacha unish vazifasi va qoʻllanishi hozirgi ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hozirgi oʻzbek imlosida nuqta quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:

  1. darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda);
  2. orzu-istak, iltimos, yalinish, daʼvat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (Bugun ertaroq boring. Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, oʻqing boʻlmasa, hamma eshitsin);
  3. bosh harflar yoki boʻgʻinlar bilan koʻrsatilgan shartli qisqartmalardan soʻng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va shahrik.; va boshqalar); abbreviaturalarda nuqta qoʻyilmaydi;
  4. raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan gaplar mustaqillikka ega boʻlishi shart);
  5. baʼzan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni oʻzaro ajratish uchun ular orasiga qoʻyiladi (2003-yil 19 okt.); 2000.14.V11I. (2000-yil 14-avgust) va q.k.
  • Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil