Sit jangi
Qiyofa
Sit jangi — Vladimir buyuk knyazi Yuriy Vsevolodovich qoʻshini bilan moʻgʻul tumanboshisi Burundoy qoʻmondonligi ostidagi qoʻshinlar oʻrtasida Sit daryosi boʻyida boʻlib oʻtgan jang (1238.4.3). VladimirSuzdal knyazligiga bostirib kirgan moʻgʻullar Uglichdan Sit daryosi tomon harakat qilib, toʻsatdan ruslar qoʻshiniga hujum qilganlar. Jangda Yuriy Vsevolodovich va unga ittifoqchi boʻlgan boshqa knyazlar halok boʻlishgan. Sit jangi oqibatida Shim.
Sharqiy Rus knyazlarining qarshiligi tugatilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |