Kontent qismiga oʻtish

Shrift

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ShofiʼiylikShrift (nem. yozmoq) — matbaada — harf terish mashinalarida matnlar terish uchun moʻljallangan bosmaxona literlari (harflari). Vazifasiga koʻra, matnlarni terish; muqovalar, titul varaqlari, sarlavhalarni terish va kichik bosmaxona formalari (diplomlar, blanklar, etiketkalar, eʼlonlar va hokazo) matnlarini terish uchun moʻljallangan Shriftlarga boʻlinadi. Bosmaxona Shriftlari yozilish shakliga, yaʼni qiyaligiga qarab, toʻgʻri, kursiv, qiya; normal, ensiz, enli; oddiy (oq), yarim qora, qora Shriftlarga boʻlinadi. Yozilish shakli bir xil boʻlgan Shriftlar turli kegldat Shriftlarga boʻlinadi; kegli va yozilish shakli turlicha, lekin yozilishi bir xil boʻlgan Shriftlar shrift garniturasi deb ataluvchi bitta guruhga birlashadi (qarang Garnitura). Garnitura jurnal uchun moʻljallangan, darsliklarga moʻljallangan va boshqalar xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, chizmachilik Shriftlari ham bor. Ular qoʻlda yozilib, chizmaga qoʻshimcha tushuntirishlar berish, texnik hujjatlarni toʻldirish va boshqalarda qoʻllanadi. Bosmaxona Shriftlari standartlashtirib qoʻyiladi. Oʻzbekistonda Shriftlar 6 guruh qilib standartlashtirilgan.